Fransiyadagi tartibsizliklar zarari 200 mln yevrodan oşdi

Fransiyada oktabr oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zarar 200 mln yevrodan oşdi. Bu haqda France Assureurs suğurta kompaniyalari assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Assotsiatsiya hisob-kitoblariga köra, eng katta zarar biznes mulkiga yetgan – 198 mln yevro. Bu umumiy suğurtalangan zarar miqdorining 95 foizidan köproğini taşkil etadi.
Biznes eng katta zarar kördi
12-noyabr holatiga köra, suğurta kompaniyalari jami 5 280 ta suğurta holatini qayd etgan.
Tartibsizliklar davomida Parij, Lion, Marsel va boşqa şaharlarda dökonlar, jumladan, haşamatli brendlar butiklari talon-toroj qilingan.
Transport vositalariga yetkazilgan zarar 6 mln yevro, jismoniy şaxslar mulkiga yetgan zarar esa 3,5 mln yevro deb baholangan.
France Assureurs tartibsizliklar atigi ikki kun davom etganiga qaramay, vayronagarçilik kölami noodatiy darajada yuqori bölganini qayd etdi.
Zarar miqdori yana oşişi mumkin
Suğurta kompaniyalari zararlarni qoplaş böyiça ariza topşiriş muddatini 5 kundan 30 kungaça uzaytirdi.
Şu sabab yakuniy kompensatsiya miqdori barça ekspertizalar yakunlangaç, hozirgi körsatkiçdan yuqori bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Fransiyada beşinçi hafta ham ommaviy namoyişlar davom etgani haqida yozgan edi.