Kömir narxlari tekşiriladi: ortiqça ustama qöyilgan-qöyilmagani örganiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Aholiga va budjet taşkilotlariga yetkazib berilayotgan kömir narxlarining asosli ekani Raqobat qömitasi tomonidan tekşiriladi
Foto: depositphotos.com

Raqobat qömitasi aholiga va budjet taşkilotlariga yetkazib berilayotgan kömir narxlarining asosli ekanini tekşiradi. Bu haqda qömita ma’lum qildi.

Örganiş davomida kömir narxi qanday şakllanayotgani, mahsulot birjada qança narxda sotib olinayotgani va iste’molçiga yetkazib berişda qöşimça ustamalar qay darajada qöllanayotgani tahlil qilinadi.

Kömir narxi asossiz oşirilmasligi kerak

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga köra, bozorda ustun mavqega ega korxonalar qazib çiqargan kömirni raqobat şaroitida şakllanadigan narxdan asossiz yuqori narxda sotişi mumkin emas.

Şuningdek, aholi va budjet taşkilotlariga kömir yetkazib beruvçi tadbirkorlar birjada sotib olingan mahalliy kömirga ortiqça ustama yoki iqtisodiy jihatdan asoslanmagan xarajatlarni qöşmasligi kerak.

Narxlar iqtisodiy jihatdan tekşiriladi

Raqobat qömitasi kömir bozoridagi iqtisodiy konsentratsiyani ham nazorat qilişini ma’lum qildi. Örganişda mahsulotning qazib çiqarişdan tortib iste’molçiga yetkazib berilişigaça bölgan narx zanjiriga alohida e’tibor qaratiladi. Agar qonunçilik talablariga zid holatlar yoki asossiz narx oşiriş aniqlansa, qömita tegişli çoralar körişini bildirdi.

Avvalroq ehtiyojmand oilalarga kömir xarajatlari uçun har tonnaga 300 ming söm kompensatsiya berilişi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek