Möğuliston prezidenti 25 mln dollar pora ayblovidan söng iste’foga çiqdi

eʼlon qilindi
Foto: RIA

Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux temir yöl qurilişi bilan boğliq $25 mln pora oliş haqidagi ayblovlar fonida iste’foga çiqdi. 19-noyabr kuni mamlakat parlamenti uning lavozimdan ketiş haqidagi arizasini ma’qulladi.

Parlament yiğilişida qatnaşgan 104 deputatdan 96 nafari prezident iste’fosini qöllab-quvvatladi. Bu Möğuliston tarixida amaldagi prezident vakolat muddati tugamasidan oldin lavozimini tark etgan ilk holat böldi.

Gap $25 mlnlik pora ayblovi haqida ketmoqda

Xurelsuxga qarşi ayblovlar Xitoy çegarasiga olib boruvçi temir yöl qurilişi bilan boğliq.

Sobiq Ulan-Bator meri Xişgeegiyn Nyambaatar prezidentni loyiha doirasida $25 mln olganlikda ayblagan. Gap 2019-yilda Bodi International kompaniyasiga berilgan temir yöl loyihasi haqida ketmoqda. Öşa paytda Xurelsux boş vazir lavozimida edi.

Xurelsux bu ayblovlarni rad etib, korrupsiyaga aloqador emasligini bildirgan. U tergov bilan hamkorlik qilişini va öz obrösini tiklaş uçun harakat qilişini aytgan.

Antikorrupsiya idorasi pul yeçib olinganini tasdiqlamadi

Möğuliston antikorrupsiya organlari temir yöl qurilişi bilan boğliq mablağlar harakatini tekşirmoqda.

DW ma’lumotiga köra, pudratçiga 286 mlrd tugrik atrofida avans ötkazilgani tasdiqlangan. Biroq uşbu mablağ naqd dollarga aylantirilib, yuqori lavozimli amaldorlar örtasida taqsimlangani haqida dalillar topilmagan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Özbekiston va Möğuliston örtasida döstlik jamiyati taşkil etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek