Möğulistonda 2 ming yillik qabr topildi

eʼlon qilindi
Tobut tagidagi nefrit
Foto: livescience.com

Möğuliston şimolidan Xiongnu imperiyasi davriga oid, qariyb 2 ming yillik ulkan qabr topildi. Undan 400 dan ortiq buyum, jumladan, Rim imperiyasida tayyorlangan bölişi mumkin bölgan şişa qadah, Xitoy nefrit bezaklari va ot aravasining qismlari aniqlandi. Bu haqda Live Science naşri xabar berdi.

Topilma Möğuliston şimolidagi Duurlig Nars arxeologik yodgorligida tört yil davomida olib borilgan qazişmalar natijasida aniqlangan. Tadqiqotlarda Janubiy Koreya Milliy muzeyi, Möğuliston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti va Möğuliston Milliy muzeyi iştirok etgan.

Eng yirik zodagonlar qabristoni

Duurlig Nars Xiongnu imperiyasining eng yirik zodagonlar qabristoni hisoblanadi. Hududda qariyb 300 ta qadimiy qörğon mavjud. Xiongnu yoki Xunnu nomi bilan tanilgan köçmançi qabilalar miloddan avvalgi 209-yilda Möğuliston daştlarida birlaşib, yirik imperiyaga asos solgan. Ularning savdo aloqalari Ğarbda Rim imperiyasidan Şarqda Xitoy va Koreya yarimoroligaça çözilgan.

Arxeologlar aniqlagan qabr uzunligi yölak bilan birga 73 metrga yetadi. Inşoot töqqizta konsentrik toş qatlamidan iborat bölib, yer ostiga 14,5 metr çuqurlikkaça tuşadi. Şu sababli u teskari piramidani eslatadi.

Qabrning markaziy qismida yoğoçdan yasalgan dafn xonasi va tobut topilgan. Undan 400 dan ortiq buyum, jumladan, kumuş va kvars bilan bezatilgan ot anjomlari hamda loklangan ot aravasining ğildiragi aniqlangan. Bu topilmalar marhumning yuqori ijtimoiy mavqega ega bölganini körsatadi.

Topilmalarning eng e’tiborlilaridan biri dastasi bor şaffof şişa qadah böldi. Arxeologlar uning Rim imperiyasida tayyorlangan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Buyumning aniq kelib çiqişini aniqlaş uçun qöşimça tekşiruvlar ötkaziladi.

Tobut tagidagi nefrit

Şuningdek, tobut tagidan nefritdan yasalgan 15 ta bezak topilgan. Ular Xitoydagi Xan sulolasi davrida muhim kişilar dafn etilganda işlatilgan «bi» deb ataluvçi nefrit buyumlarni eslatadi. Biroq Möğulistondan topilgan bezaklar odatiy dumaloq şaklda emas, balki öziga xos naqşlar bilan işlangan. Tadqiqotçilar buni Xiongnu aholisi Xitoy dafn marosimlarining ayrim an’analarini özlaştirib, ularga mahalliy xususiyatlarni qöşgani bilan izohlamoqda.

Hozirça qabrga dafn etilgan şaxsning kimligi aniqlanmagan. Arxeologlar tobutdan topilgan tiş va soç namunalarini DNK tahlilidan ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu orqali marhumning biologik jinsi va qabristondagi boşqa dafn etilgan kişilar bilan qarindoşlik aloqalari örganiladi.

Mutaxassislarning fikriça, qabrning dafn xonasi boşqa Xiongnu zodagonlari qabrlariga qaraganda kiçikroq. Bu esa milodiy I asr oxiri – II asrda imperiya qudrati pasayib borayotgan davrda jamiyatda özgarişlar yuz bergan bölişi mumkinligini körsatadi.

Avvalroq olimlar «dözax tovuği» deb atalgan yangi dinozavr turini aniqlagandi.

Shuningdek