Özbekiston BMT elektron hukumat reytingida 32-öringa kötarildi

Özbekiston BMTning 2026-yilgi Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksida 194 davlat orasida 32-örinni egalladi. Bu haqda BMTning E-Government Survey 2026 hisobotida qayd etilgan.
Mamlakat 2020-yilga nisbatan 55 poğona, 2024-yildagi natijaga nisbatan esa 31 poğona yuqoriladi.
Özbekiston ilk bor Very High EGDI guruhiga kirdi
Hisobotga köra, Özbekiston ilk bor elektron hukumat rivojlanişi böyiça eng yuqori körsatkiçli davlatlar qatoriga — Very High EGDI guruhiga kiritildi.
Mamlakatning umumiy Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi 0,8930 ballni taşkil etdi. 2024-yilda bu körsatkiç 0,7999 ball bölgan.
Alohida yönalişlarda Özbekiston quyidagi natijalarni qayd etdi:
- onlayn davlat xizmatlari indeksi — 0,8885;
- telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi — 0,9213;
- inson kapitali indeksi — 0,8692;
- fuqarolarning davlat boşqaruvidagi iştiroki körsatkiçi — 0,8276.
Maqsad — TOP-30 ga kiriş
«Özbekiston — 2030» strategiyasida mamlakatni BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş indeksi böyiça dunyoning eng ilğor 30 davlati qatoriga olib kiriş vazifasi belgilangan.
Şu maqsadda elektron hukumat tizimini rivojlantiriş, telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytiriş va davlat xizmatlarini raqamlaştiriş böyiça işlar olib borilmoqda.
Esaltib ötamiz, Kursiv Uzbekistan dunyoda har tört boladan biri mojarolar hududida yaşayotgani haqida yozgan edi.