Özbekiston va Qozoğiston çegarasidagi tirbandlikka izoh berildi

eʼlon qilindi
Çegara punktlari odatiy rejimda işlayotgani ma’lum qilindi
Foto: Husan Tangriyev Telegram sahifasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston – Qozoğiston çegarasida yuk maşinalari uzun navbatda turgani aks etgan video tarqaldi. Bojxona qömitasi raisi maslahatçisi Husan Tangriyev mazkur tasvir bir neça kun oldin Qozoğistonda olinganini va hozir çegara punktlari odatiy rejimda işlayotganini ma’lum qildi.

Yuk oqimi 2,7 baravar oşgan

Qozoğistonning Turkiston oblasti Davlat daromadlari departamenti ham çegara punktlaridagi navbatlar böyiça muntazam ma’lumot berib bormoqda. Joriy yil 20-noyabr soat 09:00 holatiga köra, B.Qonisboyev avtomobil ötkaziş punktida 100 ta yuk maşinasi navbatda turgan.

Husan Tangriyev ma’lumotiga köra, 2021-yilda Özbekiston va Qozoğiston çegara punktlari orqali bir sutkada örtaça 1 165 ta yuk maşinasi harakatlangan bölsa, 2026-yil noyabriga kelib bu körsatkiç 3 130 taga yetgan. Bu qariyb 2,7 baravar ösiş degani. B. Qonisboyev va unga tutaş Özbekistonning Yallama posti orqali bir sutkada 1,5 mingdan ortiq yuk avtomobili ötmoqda.

Navbatlarning asosiy qismi tranzit yuklarga töğri kelmoqda

Tarqalgan videodagi yuk maşinalarining katta qismi Özbekiston va Qozoğiston orqali tranzit tarzda ötayotgan yuklarga tegişli. Yuk oqimining ortişi Qozoğiston – Xitoy çegarasidagi Xorgos punktining 24 soatlik iş rejimiga ötkazilgani bilan boğlanmoqda. Natijada Xitoydan kelayotgan yuklarni Özbekiston orqali Turkmaniston, Tojikiston va boşqa davlatlarga olib ötiş hajmi oşgan.

Qozoğiston tomoni ham sönggi haftalarda xalqaro yuk oqimlari va çegara punktlaridagi navbatlarni alohida nazorat qilmoqda. 2026-yil 29-oktabrdagi rasmiy ma’lumotda siyosiy-iqtisodiy vaziyat va an’anaviy logistika yönalişlaridagi çeklovlar sabab yuk oqimlari qayta yönaltirilayotgani qayd etilgan.

Çegara punktlari odatiy rejimda işlamoqda

Hozirda Özbekiston va Qozoğiston bojxona xizmatlari çegara punktlarida navbatlar köpayib ketişining oldini oliş uçun doimiy axborot almaşinuvi olib bormoqda.

Avvalroq Qozoğiston bilan çegaradagi yangi xalqaro punktlar işga tuşirilişi orqali «Yallama» va «Sirdaryo» postlaridagi yuklama 30 foizgaça kamaytirilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek