Özbekistonda poyezd va aviareyslar jadvali qayta körib çiqiladi

eʼlon qilindi
Sayyohlarga hududlarni aylaniş uçun vaqt yetmayapti
Urganch va Xiva o‘rtasida tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Özbekistonda barça temir yöl qatnovlari va içki aviareyslar jadvali aholi hamda sayyohlar ehtiyojiga moslaştiriladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev mutasaddilarga bir oy muddatda transport qatnovlari jadvalini tahlil qiliş, qayta körib çiqiş va e’lon qilişni topşirdi.

Bu haqda davlat rahbarining Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.

Yiğilişda turistik manzillarga transport qatnovlari sayyohlar ehtiyojiga mos emasligi qayd etildi.

Xususan, Toşkentdan Çinorkentga boradigan poyezd soat 10:30 da manzilga yetib boradi, qaytiş ekspressi esa soat 14:20 da jönaydi. Natijada Böstonliqqa borgan sayyohlarda hududni aylaniş uçun tört soatga yaqin vaqt qolmoqda.

Toşkent – Şahrisabz yönalişidagi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi esa faqat yakşanba kuni qatnaydi. Bunda ham sayyohlarning şahar bilan tanişişi uçun beş soat atrofida vaqti qoladi.

Qatnov jadvallari bir oyda qayta körib çiqiladi

Prezident yangi turizm obyektlarini quriş bilan birga ularga boriş va qaytiş uçun qulay transport qatnovlarini taşkil etiş zarurligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga bir oy içida barça temir yöl qatnovlari va içki aviareyslar jadvalini örganib, aholi hamda sayyohlar talabiga mos ravişda qayta işlab çiqiş va e’lon qiliş vazifasi yuklatildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent – Parkent elektropoyezdi işga tuşgani haqida xabar berilgandi. Unda yöl haqi 10 ming söm bölib, bu uşbu yönalişdagi taksi xizmatining örtaça narxidan 2,5 barobar arzon.

Shuningdek