Parkentda 148,5 mlrd sömlik dam oliş majmuasi barpo etildi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanining Kumuşkon mahallasida barpo etilgan «Silver Valley» oilaviy dam oliş majmuasi bilan tanişdi.
Majmuaning umumiy qiymati 148,5 mlrd sömni taşkil qiladi. U 29,5 gektar maydonda joylaşgan bölib, loyiha doirasida 200 ta iş örni yaratiş közda tutilgan.
Kuniga 2,7 ming mehmonga xizmat körsatadi

Majmua töliq işga tuşgaç, kuniga 2,7 ming nafargaça mehmonga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega böladi.
Bu yerda jami 120 örinli 12 ta şale uslubidagi uy, zamonaviy qabul binosi, 300 örinli restoran, jami 200 öringa möljallangan 12 ta ötov-restoran hamda 100 örinli terrasa-kafe barpo etilgan. Şuningdek, hududda 4 ta SPA majmuasi faoliyat körsatişi rejalaştirilgan.
Ziplayn, tyubing va yozgi kinoteatr mavjud

Sayyohlar uçun tafakkur yölagi, vorkaut zonalari, ziplayn va tyubing attraksionlari taşkil etilgan. Bundan taşqari, yozgi kinoteatr va 10 ta attraksiondan iborat köngiloçar maydon ham yaratilgan.
Prezident matbuot xizmatiga köra, loyiha hududning turistik jozibadorligini oşiriş, xizmatlar eksportini kengaytiriş va yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini qabul qilgani haqida yozgan edi.