Rossiyada tuğiliş kamaygani sababli tuğuruqxonalar yopilmoqda

2020-yildan buyon Rossiyada tuğuruq qabul qiladigan tibbiyot muassasalari soni 18 foizga qisqardi. Rasmiylar buni tuğiliş darajasining pasayişi va homilador ayollar salomatligi bilan boğliq holatlar murakkablaşgani bilan izohlamoqda. Bu haqda BBC rus xizmati Federal tibbiy taşkilotlar reyestri ma’lumotlari asosida yozmoqda.
Tuğuruq xizmatlari yirik markazlarga jamlanmoqda
Rossiyada tuğuruq muassasalari 3 turga bölinadi: tuman şifoxonalari qoşidagi tuğuruq bölimlari, tumanlararo tuğuruqxonalar va yirik şaharlarning perinatal markazlari.
2020-yil oxirida tuğuruq qabul qiladigan muassasalar soni 1 334 ta bölgan bölsa, hozir bu körsatkiç 1090 tani taşkil etmoqda. Asosan, dastlabki 2 toifadagi muassasalar soni kamaymoqda. Murakkab homiladorlik va tuğuruq holatlari esa köproq yirik perinatal markazlarga yönaltirilmoqda. Rasmiylar bu jarayonni «marşrutlaş» deb ataydi. Yirik markazlar murakkab tuğuruqlarni qabul qiliş uçun yaxşiroq jihozlangan va köproq mutaxassislarga ega.
Ayrim ayollar tuğuruqqa 50 kilometrdan ortiq yöl bosmoqda
Tuğuruq bölimi yopilgan holatlarning qariyb yarmida eng yaqin tuğuruqxona 50 kilometr yoki undan uzoqda joylaşgan. Kostroma va Magadan viloyatlari, Yahudiy avtonom viloyati hamda Nenets avtonom okrugida perinatal markazlar umuman yöq. Xavfli asoratlari bor homilador ayollar ayrim hollarda qoşni hududlardagi tibbiyot muassasalariga yuboriladi.
Uzoq hududlarda yaşovçi ayollar uçun bu qöşimça xarajatlarni ham keltirib çiqarmoqda. Masalan, Yakutiyaning çekka hududlarida hudud markaziga 3 marta tekşiruvga boriş 210 ming rublgaça tuşişi mumkin. Lipetsk viloyatida esa ayrim ayollar homiladorlikning 38-haftasidan boşlab viloyat markazida vaqtinça uy ijaraga olişga majbur bölmoqda.
Çaqaloqlar ölimi kamaygan
Şu bilan birga, murakkab tuğuruqlarni ixtisoslaştirilgan markazlarga yönaltiriş tizimini ijobiy baholanmoqda. Rossiyada çaqaloqlar ölimi 2005-yildagi har mingta tuğilişga 11 ta holatdan 2024-yilda 4 ta holatgaça kamaygan.
Biroq hududlar kesimida körsatkiçlar farq qiladi. Masalan, perinatal markaz mavjud bölmagan Yahudiy avtonom oblastida bu körsatkiç har mingta tuğilişga 7,7 tani taşkil etgan.
Avvalroq Markaziy Osiyo aholisi uzoq muddatda Rossiya aholisidan oşişi mumkinligi haqida yozgan edi.