Şavkat Mirziyoyev Parkentdagi «Oltin bel» turizm majmuasi bilan tanişdi

eʼlon qilindi
Majmua töliq işga tuşgach, yiliga 200 mlrd söm daromad olişi kutilmoqda
Foto: president.uz

Parkent tumanidagi «Oltin bel» sayyohlik majmuasiga qariyb 700 mlrd söm investitsiya kiritildi. Majmua töliq işga tuşgaç, yiliga 200 mlrd söm daromad olişi kutilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumaniga taşrifi davomida Kumuçkon mahallasidagi majmuada yaratilgan şaroitlar va uni rivojlantiriş rejalari bilan tanişdi.

Kuniga 6 ming sayyohga xizmat körsatadi

Foto: president.uz

47 gektar maydonni egallagan majmuada 4 ta beş qavatli mehmonxona, 51 ta şale uslubidagi dam oliş uyi, restoranlar, sport va köngiloçar inşootlar barpo etilgan. Bu yerda 2,2 ming kvadrat metrli akvapark, 14 turdagi attraksion, 650 metrlik ziplayn, karting trassalari, rodelban, 800 örinli amfiteatr, sun’iy köl va hayvonot boği ham mavjud.

Majmua töliq quvvatda işlaganda kuniga 6 ming nafargaça taşrif buyuruvçiga xizmat körsatişi va 600 ta yangi iş örni yaratişi közda tutilgan.

Mehmonxonalarni Turkiyaning Elite World kompaniyasi boşqaradi

Majmuadagi mehmonxonalarni boşqariş Turkiyaning Elite World kompaniyasiga topşirildi. Kompaniya mehmonxona biznesida 46 yillik tajribaga ega. Bu orqali xalqaro boşqaruv standartlarini joriy etiş, xizmat sifatini oşiriş va xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, majmuadagi öquv markazida mehmonxona va restoran xizmatlari bo‘yiça mutaxassislar tayyorlanmoqda. Yil yakunigaça Kumuşkon mahallasidagi 300 nafar işsiz yoşni öqitiş közda tutilgan.

Parkentga 1,6 mln sayyoh kelgan

Foto: president.uz

2026-yilning ötgan davrida Parkent tumaniga 198,2 ming nafar xorijiy va 1,4 mln nafar mahalliy sayyoh taşrif buyurgan. Tumanning turizm xizmatlari eksporti $81,1 mlnga yetgan.

Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanining Kumuşkon mahallasida barpo etilgan «Silver Valley» oilaviy dam oliş majmuasi bilan tanişgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek