Yölovçilar soni 20 foizga oşdi: Toşkent metrosiga 28 ta yangi poyezd xarid qilinadi

2027 – 2028-yillarda Toşkent metropoliteni uçun 28 ta beş vagonli zamonaviy poyezd xarid qiliş rejalaştirilgan. Şuningdek, mavjud 40 ta zamonaviy poyezdning vagonlari soni beştaga yetkaziladi. Bu haqda Toşkent metropoliteni ma’lum qildi.
Mazkur çoralar metroda ortib borayotgan yölovçilar oqimini hisobga olgan holda, poyezdlar siğimini oşiriş va xizmat körsatiş sifatini yaxşilaşga qaratilgan.
Metroda yölovçilar soni 20 foizga oşdi
2026-yilning sentabr – oktabr oylarida Toşkent metrosi xizmatlaridan 61,7 mln nafar yölovçi foydalangan. Ötgan yilning mos davrida bu körsatkiç 51,4 mln nafarni taşkil etgan edi.
Hozirda metropoliten kuniga 1,2 mln nafardan ortiq yölovçiga xizmat körsatmoqda.
Metro tarkibida 55 ta zamonaviy va xizmat muddatini ötab bölgan 30 ta eski poyezd mavjud. Eski poyezdlar ming nafargaça, zamonaviylari esa 1,3 ming nafargaça yölovçini taşiş imkoniyatiga ega.
Yölovçilar oqimi yuqori bölgan bekatlarga qöşimça zaxira poyezdlari yönaltirilmoqda, qatnovlar oraliğidagi vaqt esa imkon qadar qisqartirilgan.
Metro ma’muriyati yölovçilarga tavsiyalar berdi
Metropoliten ma’muriyati yölovçilarga poyezdlarning faqat birinçi vagonlaridan emas, balki örta vagonlaridan ham foydalanişni tavsiya qildi. Şuningdek, imkon qadar kamroq gavjum bölgan muqobil metro bekatlaridan foydalaniş söraldi.
Xususan, Çilonzor bekatidan kuniga 60 – 65 ming nafar yölovçi foydalansa, Mirzo Uluğbek bekatida bu körsatkiç 20 – 25 ming nafarni taşkil etadi.
Xalqlar döstligi bekatidan esa kuniga 35 – 40 ming nafar, Milliy boğ bekatidan 6 – 8 ming nafar yölovçi foydalanadi.
Metro ma’muriyati yölovçilarni poyezdga çiqişdan avval tuşayotganlarga yöl berişga, xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga hamda imkon qadar siğimi yuqori bölgan zamonaviy poyezdlardan foydalanişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq metropoliten «Paxtakor»dagi yölovçilar tirbandligiga izoh bergandi. Kompaniya ma’lumotiga köra, holat taxminan soat 17:43 da kuzatilgan. Ikki poyezdning bir vaqtda kelişi natijasida yölovçilar oqimi vaqtinça ortgan.