Tramp, Si va Putin uçraşuvi yakunlandi: nimalarga kelişildi

eʼlon qilindi
Ukraina va Eron yakuniy bayonotga kiritilmadi
Tramp, Si va Putin uçraşuvi yakunlandi: nimalarga kelişildi
Foto: The New York Times

AQŞ prezidenti Donald Tramp, Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Şençjenda ötkazilgan tarixiy uç tomonlama sammitni yakunladi. Uçraşuvdan keyin tomonlar tinçlik, yadroviy xavfsizlik va global boşqaruv böyiça qator kelişuvlarni e’lon qildi, biroq Ukraina va Eron uruşlari yakuniy bayonotga kiritilmadi.

DW ma’lumotiga köra, Si Szinpin muzokaralarni «ijobiy, konstruktiv va samarali», Putin «oçiq va samimiy», Tramp esa «tarix yaratayotgan» uçraşuv deb baholadi.

Ukraina va Eron yakuniy bayonotga kiritilmadi

Uçraşuv davomida Ukraina uruşi, Eron atrofidagi vaziyat, energetika xavfsizligi va yadroviy qurollar masalalari muhokama qilingan.

Şunga qaramay, sammitdan söng e’lon qilingan «tinçlik deklaratsiyasi»da na Rossiyaning Ukrainadagi uruşi, na AQŞ boşçiligidagi Eron uruşi tilga olindi.

Tomonlar buning örniga BMTni isloh qiliş, Xalqaro jinoiy sudning rolini çeklaş va yadroviy uruşning oldini olişga qaratilgan muloqotni davom ettirişga kelişdi.

Şuningdek, global energetika muammolarini yumşatiş uçun qayta işlangan neft mahsulotlari yetkazib berişni oşiriş böyiça ham kelişuvga erişildi.

Yadroviy qurollarni qisqartiriş böyiça majburiyat bölmadi

Sammit oldidan Tramp Rossiya va Xitoyni ham qamrab oladigan yangi yadroviy qurollarni nazorat qiliş kelişuvini ilgari surayotgan edi.

Biroq yakuniy deklaratsiyada tomonlar yadroviy xavflarni kamaytiriş va tarqalişining oldini oliş böyiça faqat muloqotni davom ettirişga kelişdi.

Aniq qisqartiriş majburiyatlari belgilanmadi.

DW keltirgan ekspertlar fikriça, Xitoy uç tomonlama yadroviy qurol nazorati tizimiga qöşilişga hozirça tayyor emas. Bunga Pekinning yadroviy arsenali AQŞ va Rossiyanikidan sezilarli darajada kiçik ekani sabab qilib körsatilmoqda.

Uç tomonlama format davom etişi mumkin

Putin uçraşuvdan söng uç davlat rahbari bunday formatni foydali deb hisoblaşini va kelgusida yana uçraşuvlar ötkazilişi mumkinligini aytdi.

Tahlilçilarga köra, Şençjendagi uçraşuv bir martalik voqea bölib qolmasligi ehtimoli yuqori. AQŞ, Xitoy va Rossiya örtasidagi bunday uç tomonlama muzokaralar kelgusi yillarda ham davom etişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Tramp, Si Szinpin va Putin Şençjenda uç tomonlama muzokarani boşlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek