Fransiya Özbekistonda maktablar qurmoqçi

Fransiyaning Meridiam kompaniyasi Özbekistonda davlat-xususiy şeriklik asosida zamonaviy umumta’lim maktablarini quriş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Şuningdek, mavjud ta’lim muassasalarini modernizatsiya qiliş masalasi ham muhokama etildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Parijda Özbekiston ta’lim va ilm-fan vazirining birinçi örinbosari Oybek Yöldoşev boşçiligidagi delegatsiya Meridiam kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuvda Özbekistonda maktablar qurilişiga xalqaro investitsiyalarni jalb qiliş, ilğor loyihalaş va boşqaruv tajribasini joriy etiş hamda samarali moliyaviy modellardan foydalaniş masalalari körib çiqildi.
Tomonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda örganiş va ularni amalga oşiriş mexanizmlarini işlab çiqiş böyiça muloqotni davom ettirişga kelişib oldi.
Fransiya Özbekistonga fransuz tilidagi kitoblarni taqdim etdi
Taşrif doirasida Fransiya Akademik palmalar ordeni a’zolari assotsiatsiyasi (AMOPA) prezidenti Klod Tran bilan ham uçraşuv bölib ötdi. Unda assotsiatsiya tomonidan Özbekistonga beğaraz grant asosida taqdim etilgan qariyb 1 100 nusxa fransuz tilidagi kitob va öquv-metodik qöllanmalar muhokama qilindi.
Uşbu adabiyotlar umumta’lim maktablari va texnikumlarga yönaltirilgan. Ular fransuz tilini öqitiş sifatini oşiriş va ta’lim muassasalarining öquv resurslarini boyitişga xizmat qiladi.
Şuningdek, Fransiya Milliy ta’lim vazirligi vakillari bilan maktabgaça va maktab ta’limi sohalarida hamkorlik, tajriba almaşiş hamda qöşma loyihalar masalalari körib çiqildi. Tomonlar Fransiyaning «Eko-maktablar» dasturi doirasida ekologik ta’lim böyiça hamkorlik qilişga kelişdi.
Avvalroq Özbekistonda maktab öquvçilarining bilimini baholaş va imtihon oliş tartibini özgartiriş taklif qilinayotgani haqida xabar berilgandi.