Investitsiyaviy poğonaga bir qadam: Özbekiston reytingi BB+ ga kötarildi

eʼlon qilindi
Iqtisodiy ösiş va investitsiyalar
Foto: S&P Global

Özbekistonning suveren kredit reytingi BB+ darajasiga kötarildi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori körsatkiç bölib, Özbekiston endi investitsiyaviy daraja hisoblangan BBB− reytingidan bir poğona pastda turibdi. S&P Global Ratings qaroriga köra, prognoz «barqaror»ligiça qoldi. Reyting böyiça qaror agentlikning rasmiy ma’lumotlar bazasida aks etgan.

S&P Global Ratings 20-noyabr kuni Özbekistonning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli suveren kredit reytingini avvalgi BB darajasidan BB+ ga oşirdi. Agentlik mamlakatda iqtisodiy siyosatning mustahkamlanişi, energetika sohasi va davlat korxonalaridagi islohotlar, şuningdek, taşqi moliyaviy imkoniyatlarning yaxşilanişini qarorga ta’sir qilgan omillar sifatida qayd etdi.

«S&P Global Ratings» xalqaro agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini «barqaror» prognoz bilan BB+ darajasiga kötardi. Bu mamlakatimiz tarixida hozirgaça erişilgan eng yuqori körsatkiç, endi investitsiyaviy (BBB-) poğonaga bir qadam qoldi», deya yozgan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Reyting oşişiga nimalar sabab böldi

S&P baholaşida Özbekiston iqtisodiyotining bir neçta körsatkiçlari ijobiy qayd etilgan. Xususan, 2025-yil uçun nominal yalpi içki mahsulot (YaIM) statistik qayta hisob-kitoblar natijasida 15 foizga oşirilib, 169 mlrd dollarga yetkazilgan. Bu özgariş davlat qarzining YaIMga nisbati böyiça prognozlarga ham ta’sir qilgan.

Agentlikning hisob-kitoblariga köra, 2029-yilgaça umumiy davlatning sof qarzi YaIMga nisbatan örtaça 24 foiz atrofida bölişi kutilmoqda. Avvalgi prognozda bu körsatkiç 30 foizni taşkil etgan.

Davlatning energetika sohasiga ajratadigan subsidiyalari ham qisqargan. S&P ma’lumotlariga köra, ularning miqdori 2023-yildagi 1,5 mlrd dollardan 2025-yilda 600 mln dollargaça kamaygan. Agentlik kelgusi uç yilda budjet taqçilligi YAIMga nisbatan taxminan 3 foiz atrofida saqlanişini kutmoqda.

Taşqi moliyaviy barqarorlik ham reytingni oşirişda muhim omillardan biri bölgan. Özbekistonning xalqaro zaxiralari 2023-yildan buyon ikki baravardan köproq oşib, 2026-yil oktabr oyi oxirida qariyb 64 mlrd dollarga yetgan. Bunda oltin narxining yuqoriligi va xorijdan pul ötkazmalari oqimi muhim rol öynagan.

Iqtisodiy ösiş va investitsiyalar

S&P hisobotida Özbekiston iqtisodiyotining yuqori ösiş sur’atlari ham qayd etilgan. 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida real YAIM 8,3 foizga ösgan. Agentlik yil yakunida iqtisodiy ösiş 8 foizni taşkil etişini prognoz qilmoqda. 2029-yilgaça esa örtaça yillik ösiş 6,7 foiz atrofida bölişi kutilmoqda.

Şuningdek, 2026-yil may oyida Franklin Templeton boşqaruvidagi Milliy investitsiya fondining London va Toşkent fond birjalarida joylaştirilişi natijasida 690 mln dollar jalb qilingani kapital bozori rivojidagi muhim voqea sifatida körsatilgan.

Biroq agentlik Özbekiston reytingini çeklab turgan ayrim omillarni ham qayd etgan. Jumladan, aholi jon boşiga YaIM taxminan 5,2 ming dollarni taşkil etadi, kreditlarning 39 foizi xorijiy valyutada berilgan. Bank sektorida davlat uluşi ham yuqori: bank aktivlarining 61 foizi davlat nazoratidagi moliya muassasalariga töğri keladi.

Investitsiyaviy reytingga qaçon erişiş mumkin

Xalqaro reyting tizimida BBB− darajasi investitsiyaviy toifaga kiruvçi eng quyi poğona hisoblanadi. BB+ esa undan bir poğona past bölib, spekulyativ toifadagi reytinglarning yuqori çegarasidir.

Saida Mirziyoyeva öz bayonotida reytingning oşişini tizimli iqtisodiy islohotlar, muvozanatli moliya siyosati va Prezidentning uzoq muddatli strategiyasi samarasi sifatida baholadi. Şuningdek, u Özbekistonning ijobiy iqtisodiy natijalarini taqdim etiş jarayonida işçi guruhning S&P bilan tezkor va oçiq tahliliy muloqotlari agentlik tomonidan alohida e’tirof etilganini ta’kidladi.

S&Pning qayd etişiça, keyingi reyting oşişi budjet taqçilligini izçil kamaytiriş, davlat korxonalariga budjetdan taşqari moliyaviy kömakni çeklaş va iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni davom ettirişga boğliq böladi.

Avvalroq Özbekistonning suveren kredit reytingini 2030-yilgaça investitsiyaviy darajaga olib çiqiş strategik maqsad ekani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek