Nodirbek Abdusattorov Total Chess turnirini 23-örinda yakunladi

Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Vengriyaning Budapeşt şahrida ötkazilgan Total Chess Pilot – 2026 turnirida 24 nafar şaxmatçi orasida 23-örinni egalladi. U musobaqaning sönggi kunida barça partiyalarida ğalaba qozonib, 20 oçko töpladi.
Abdusattorov turnirning birinçi kunini 16:4, hal qiluvçi kunini esa 20:0 hisobida yakunladi. Sönggi kuni u törtta blits, ikkita rapid va bitta tezkor klassika partiyasining barçasida raqiblarini mağlub etdi. Yakuniy 23-örin uçun şaxmatçiga 11 ming dollar mukofot berildi.
Turnirning asosiy qismi omadsiz ötdi
Musobaqaning dastlabki töqqiz turli blits bosqiçida Abdusattorov 2,5 oçko bilan 22-örinda qoldi. Tezkor klassika böyiça «A» guruhida esa 10 partiyaning faqat bittasida ğalaba qozondi, olti marta durang öynadi va uç bor mağlub böldi.
Töplagan 9 oçkosi bilan guruhda oltinçi bölgan grossmeyster 21 – 24-örinlar uçun bahslarga yöl oldi.
Yakuniy örinlar uçun ötkazilgan yarim finalda u hindistonlik Rameşbabu Praggnanandhaga ikki kun davomida imkoniyatni boy berdi. Dastlabki kuni Abdusattorov 9:11 hisobida yutqazdi.
Ikkinçi kuni tezkor klassika bahsidan oldin 8,5:3,5 hisobida oldinda bölganiga qaramay, hal qiluvçi partiyada Praggnanandhaning ğalabasi umumiy hisobni 8,5:11,5 ga özgartirdi. Şu tariqa Abdusattorov uçun turnirda erişiş mumkin bölgan eng yuqori natija 23-örin bölib qoldi.
Şundan söng u hindistonlik Vaişaliga qarşi ikki kunlik bahsda ğalaba qozonib, turnirni 23-örinda yakunladi.
Avvalroq qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva Budapeştda ötkazilayotgan Total Çess World Çampionşip Tour Pilot – 2026 turnirining guruh bosqiçida Özbekiston yetakçisi Nodirbek Abdusattorovdan köproq oçko jamğargani haqida xabar berilgandi.