Şimoliy Koreya özining sun’iy intellekt çatbotini namoyiş etdi

eʼlon qilindi
U «Donişmandlik buloği» (Fountain of Wisdom) deb nomlangan
Foto: 38 North

Şimoliy Koreyada «Donişmandlik buloği» (Fountain of Wisdom) deb nomlangan sun’iy intellekt çatboti işlab çiqildi. U koreys va ingliz tillarida ilm-fan hamda texnologiyaga oid savollarga javob bera oladi, şuningdek, matnlarni tarjima qiladi. Bu haqda 38 North tahliliy markazi xabar berdi.

Yangi tizim «AI Service System 1.0» deb nomlangan. Uni Kim Ir Sen universitetining Sun’iy intellekt texnologiyalari tadqiqot instituti va Pxenyanda faoliyat yurituvçi Phurunhanul Trading kompaniyasi hamkorlikda işlab çiqqan.

Çatbot 19 – 30-oktabr kunlari Pxenyanda ötkazilgan Milliy axborot texnologiyalari yutuqlari körgazmasida namoyiş etilgan. Bu haqdagi lavhalar 17-noyabr kuni Şimoliy Koreya televideniyesida efirga uzatilgan.

Çatbot qanday işlaydi

Namoyiş qilingan interfeys taşqi körinişidan ChatGPT’ga öxşaydi: çap tomonda yangi suhbat oçiş va avvalgi yozişmalar röyxati, asosiy qismida esa muloqot oynasi joylaşgan.

Tizim sun’iy intellekt, dasturlaş, texnologiya va boşqa ilmiy mavzulardagi savollarga javob berişi mumkin. Namoyiş vaqtida undan Unity dasturi bilan işlaş, sun’iy intellekt modellarini öqitiş va boş oğriğida qanday dori qabul qiliş haqida ham söralgan.

Biroq çatbotdan foydalanişda qat’iy çeklovlar mavjud. Ekrandagi ogohlantirişga köra, foydalanuvçilar faqat ilm-fan va texnologiyaga oid savollar berişi kerak. Ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi savollar taqiqlangan. Tizim foydalanuvçi sörovlarini sun’iy intellektga yuborişdan oldin mavzular böyiça tasniflaşi ham mumkin.

Sun’iy intellektning özi Şimoliy Koreyada yaratilganmi

38 North tahlilçilarining fikriça, çatbot interfeysi mamlakat içida işlab çiqilgan bölişi mumkin. Biroq uning asosida işlayotgan sun’iy intellekt modeli töliq Şimoliy Koreyada yaratilganiga hozirça dalil yöq.

Mutaxassislar tizimning «miyasi» Google’ning Gemma yoki Xitoyning Alibaba kompaniyasiga tegişli Qwen kabi oçiq vaznli modellardan biri bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Çatbot işlaydigan texnik qurilmalar va serverlar haqida esa ma’lumot berilmagan.

Şimoliy Koreyada yirik ma’lumotlar markazlari yetişmasligi ilğor sun’iy intellekt tizimlarini keng miqyosda işga tuşirişga tösqinlik qilişi mumkin.

38 North ma’lumotlariga köra, bu mamlakat davlat televideniyesida namoyiş etilgan ilk sun’iy intellekt çatbotlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq Özbek tilida işlaydigan sun’iy intellekt modellarini öqitiş va moslaştiriş uçun 6 mlrddan ortiq sözni qamrab olgan oçiq ma’lumotlar bazasi yaratilgandi.

Shuningdek