Toşkentda 2,4 mlrd sömlik kriptoaktivlar aylantirgan Call-markaz foş etildi

eʼlon qilindi
58 ta telefon va 8 ta noutbuk olib qöyildi
Foto: IIB

Toşkentning Yaşnobod tumanida 203 ming USDTdan ortiq kriptoaktivlar aylanmasi bilan noqonuniy şuğullangan yaşirin Call-markaz faoliyatiga çek qöyildi. Xonadonlardan birida 10 kişidan iborat guruh faoliyat yuritgan. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

IIBB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari Yaşnobod tumanidagi Xosiyatli mahallasida tezkor-qidiruv tadbiri ötkazgan. Natijada xonadonlardan birida 10 nafar fuqaro işlagan yaşirin onlayn Call-markaz aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, guruh a’zolari turli messenjerlar orqali Yevropa davlatlari fuqarolarining işonçiga kirgan. Ular mijozlarga soxta hujjatlar tayyorlaş, treyding va kriptoaktivlar böyiça ta’lim berişni taklif qilgan.

Şundan söng fuqarolarning kriptoaktivlarini aldov yöli bilan öz elektron hamyonlariga ötkazib, özlaştirganlikda gumonlanmoqda.

58 ta telefon va 8 ta noutbuk olib qöyildi

Tezkor tadbir davomida xonadondan 8 ta noutbuk, 58 ta telefon va 3 ta kompyuter aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan. Şuningdek, guruh a’zolari poytaxtda vaqtinçalik röyxatdan ötmasdan yaşab kelgani aniqlangan.

IIBB ma’lumotiga köra, ular 203 134 USDT, ya’ni qariyb 2 mlrd 432 mln sömlik kriptoaktivlar aylanmasi bilan qonunga xilof ravişda şuğullangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi – kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Jizzax viloyatida 165,3 mln sömlik kriptoaktivlarni noqonuniy ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangan şaxs aniqlangandi.

Shuningdek