Hafta davomida Özbekistonda nimalar yuz berdi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Обсуждение результатов оценки жилья в Ташкенте продлили до 4 декабря
Foto: Sofya Gasilova Kursiv Uzbekistan uçun

Kursiv Uzbekistan hafta davomida Özbekistonda yuz bergan yangiliklarni bir joyga jamladi.

Qozoğistonning Özbekistonga neft eksporti 80 foizga oşdi

Foto: Uzneftgaz

2026-yil yanvar – avgust oylarida Qozoğiston Özbekistonga 65,1 ming tonna xom neft va bitumli minerallardan olingan neft mahsulotlarini eksport qildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 80 foizga köp.

Trend hisob-kitoblariga köra, eksport qiymati ham keskin oşgan. Sakkiz oyda Özbekistonga yetkazib berilgan neft qiymati $29,73 mlnni taşkil etdi. Bu ötgan yilgi $13 mln bilan soliştirganda 128,8 foizga köp.

Ozarbayjon prezidentiga kiberhujum qilindi

Foto: shutterstock

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga kiberhujumlar uyuştirilmoqda. Bu haqda Ozarbayjon davlat rahbarining matbuot xizmati joriy yil 15-noyabr kuni ma’lum qildi.

Prezidentning rasmiy saytida uning Instagram, YouTube, Facebook va X sahifalariga havolalar joylaştirilgan. Biroq matbuot xizmati kiberhujum aynan qaysi platformadagi akkauntga qaratilganini oçiqlamagan.

Özbekistondagi radarlar tekşirilmoqda

Foto: Autostrada

Özbekistondagi foto va video qayd etiş qurilmalari hamda radarlarning işlaşi ustidan nazorat kuçaytirildi. Tekşiruvlar respublikaning barça hududlarida maxsus jihozlangan avtomobillar yordamida olib borilmoqda. Yöl harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xodimlari mamlakat yöllariga örnatilgan radar va kameralarni tekşirişga kirişdi. Bu haqda xizmatning rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Chevrolet Özbekiston bozoridagi örnini yöqotmoqda: Xitoy brendlari uluşi 18,4 foizga yetdi

Özbekiston avtomobil bozorida Chevrolet uluşi 74%, Xitoy brendlari esa 18,4 foizga yetdi
Foto: SI / Sapura Temirxanova

2026-yil yanvar – oktabr oylarida Chevrolet Özbekiston avtomobil bozorida 74% uluş bilan yetakçilikni saqlab qoldi. Şu bilan birga, Xitoy avtomobil brendlarining umumiy uluşi 18,4 foizga yetib, ularning sotuvi bir yil içida 48,2 foizga oşdi. Bu haqda Özbekiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

2026-yil oktabr oyida Özbekistonda 36,2 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Bu 2025-yil oktabriga nisbatan qariyb 12 foizga kam, sentabr oyiga nisbatan esa 6,3 foizga köp.

Yanvar – oktabr oylarida jami 318,9 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 22,2 ming donaga yoki 6,5 foizga kam.

Mahkumlarga oliy ta’lim oliş imkoniyati beriladi

Mahkumlar o‘qigan adabiyotlarni tasdiqlovchi komissiya qanday tartibda ishlaydi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

2027/2028 öquv yilidan boşlab jazoni ijro etiş muassasalaridagi mahkumlarga oliy ta’lim taşkilotlariga kiriş va masofaviy şaklda tölov-kontrakt asosida öqiş imkoniyati yaratiladi. Bu prezidentning tegişli qarorida belgilangan.

Oliy ta’limga qabul qilingan mahkumlar masofadan öqişi uçun koloniyalarda videokonferens-aloqa vositalari bilan jihozlangan xonalar ajratiladi.

Şuningdek, 2027/2028 öquv yiligaça jazoni ijro etiş muassasalarida 310 ta öquv va 420 ta amaliy maşğulotlar xonasini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Green Card lotereyasining yangi mavsumi nega keçikmoqda

Davlat yordamini olgan muhojirlar Green Card’dan mahrum bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

AQŞ Diversity Visa – Green Card lotereyasining DV-2027 mavsumi uçun röyxatdan ötiş sanasini haligaça e’lon qilmadi. Davlat departamenti bunga dasturda ariza topşiriş jarayoniga kiritilayotgan özgarişlarni sabab sifatida körsatgan. AQŞ Davlat departamentining 2026-yil 5-noyabrda e’lon qilingan rasmiy xabarida mazkur özgarişlar nimalardan iborat ekani hozirça batafsil oçiqlanmagan.

Toşkentda qarovsiz hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölmoqda

Toşkentda qarovsiz hayvonlar va quşlarning ommaviy nobud bölişi kuzatildi
Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Toşkent şahrining Uçtepa tumani Çilonzor-26 mavzesida qarovsiz hayvonlar va quşlarning ommaviy nobud bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Aholi bunga qasddan zaharlaş sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirmoqda. Tuman hokimligi holat yuzasidan tekşiruv işlari boşlanganini ma’lum qildi.

Hokimlik ma’lumotiga köra, vaziyat nazoratga olingan. Mas’ul xizmatlar bilan birgalikda hodisa tafsilotlari qayd etilib, hudud közdan keçirilmoqda. Nobud bölgan hayvonlar va quşlarni yiğiştirib oliş işlari ham taşkil etilmoqda.

Jahon banki Samarqand tibbiyoti uçun 100 mln dollar ajratdi

Фото: Depositphotos

Jahon banki Samarqand viloyatida tibbiy xizmatlar sifatini yaxşilaş uçun $100 mln imtiyozli kredit ajratişni ma’qulladi. Mablağlar Samarqand viloyatida birlamçi tibbiy yordamni yaxşilaşga qaratilgan ŞIFO-1 dasturi doirasida ajratiladi. Dastur viloyatning 4,3 mln nafar aholisiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşirişni nazarda tutadi.

Özbekistondagi 4 ta bank islomiy bank faoliyati uçun litsenziya oldi

Markaziy bank masofaviy banklar uchun kiberxavfsizlikni kuchaytirdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Markaziy bank Özbekistondagi 4 ta tijorat bankiga islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya berdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Oltin rekord narxiga qaytişi uçun yana ikki yil kerak — Goldman Sachs

Oltin rekord narxiga qaytişi uçun yana ikki yil kerak — Goldman Sachs
Foto: depositphotos

Oltin narxi 2028-yil oxiriga borib bir troya unsiyasi uçun $5 600 ga yetişi mumkin. Goldman Sachs investitsiya banki tahlilçilarining fikriça, qimmatbaho metallning rekord qiymatiga qaytişi uçun yana ikki yil kerak böladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kömir narxlari tekşiriladi: ortiqça ustama qöyilgan-qöyilmagani örganiladi

Foto: depositphotos.com

Raqobat qömitasi aholiga va budjet taşkilotlariga yetkazib berilayotgan kömir narxlarining asosli ekanini tekşiradi. Bu haqda qömita ma’lum qildi.

Örganiş davomida kömir narxi qanday şakllanayotgani, mahsulot birjada qança narxda sotib olinayotgani va iste’molçiga yetkazib berişda qöşimça ustamalar qay darajada qöllanayotgani tahlil qilinadi.

Eldor Şomurodov uçinçi marta ota böldi

Foto: Şomurodovning Instagram sahifasidan

Özbekiston milliy terma jamoasi sardori va Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubi hujumçisi Eldor Şomurodov uçinçi bor ota böldi. Futbolçining oilasida qiz farzand dunyoga keldi. U çaqaloqqa Ifora deb ism qöyilganini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Bibisora Assaubayeva Sindarovni qöllab-quvvatlaş uçun Jenevaga bordi — foto

Bibisora Assaubayeva Sindarovni qöllab-quvvatlaş uçun Jenevaga bordi — foto
Foto: Assaubayeva Instagram sahifasi

Qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva jahon çempionligi uçun Gukeş Dommarajuga qarşi bahs olib boradigan özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovni qöllab-quvvatlaş maqsadida Şveysariyaning Jeneva şahriga yetib bordi.

Assaubayeva Instagram sahifasida jahon çempionligi uçun bahs ötkaziladigan joydan suratlar e’lon qildi.

FIDE Magnus Karlsenga qarşi intizomiy iş boşlaydi

FIDE Magnus Karlsenga qarşi intizomiy iş boşlaydi
Foto: Assaubayeva Instagram sahifasi

Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) jahon reytingi yetakçisi Magnus Karlsenning Budapeştda ötkazilgan Total Chess World Championship Tour Pilot – 2026 turnirida ayrim partiyalarni öynaşdan boş tortgani yuzasidan tekşiruv ötkaziş uçun materiallarni Etika va intizom komissiyasiga yuboradi. Bu haqda FIDE bayonotida xabar berildi.

Federatsiya norvegiyalik grossmeysterning harakatlarini musobaqa qoidalariga zid deb baholagan.

Dollar kursi hafta davomida qanday özgardi — tahlil

Dollar yana tushdi: 20-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

Özbekistonda dollar kursi hafta boşida qimmatlaşganidan söng ketma-ket uç kun pasaydi. Hafta oxiriga kelib esa AQŞ valyutasi yana 12 ming sömlik çegaradan oşdi. 21-noyabr uçun rasmiy kurs 12 004,48 sömni taşkil etdi. Kursiv Uzbekistan dollar kursining 17 – 21-noyabr kunlarida qanday özgarganini tahlil qildi.

Hafta davomida dollar 9,89 sömga yoki qariyb 0,08 foizga arzonlaşdi. Ötgan hafta oxirida uning rasmiy kursi 12 014,37 sömni taşkil etgan edi.

Shuningdek