Qozoğistondan Toşkentga çang havo massalari kirib kelmoqda

Qozoğiston hududidan havo oqimlari orqali Toşkent viloyati va poytaxt tomon çang massalari kirib kelayotgani kuzatilmoqda. Sönggi beş kun davomida yoğingarçilik bölmagani va şamol sustligi havodagi ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini qiyinlaştirmoqda. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.
Özgidrometning atmosfera havosi sifatini kuzatuvçi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga köra, 17 – 21-noyabr kunlari çegaraga yaqin hududlarda PM2.5 va PM10 çang zarraçalarining yuqori konsentratsiyasi qayd etilgan.
Xususan, «Sofiya» va «Green University» monitoring stansiyalarida çang zarraçalari miqdori yuqori bölgani kuzatilgan. Mutaxassislarning bildirişiça, bu holat çang massalari Qozoğiston hududidan kirib kelayotganini körsatuvçi dalillardan biri.
Şu bilan birga, Toşkent şahridagi monitoring stansiyalarida ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasining sezilarli oşişi qayd etilmagan.
Havo ifloslanişiga yana nimalar ta’sir qilmoqda
Özgidrometga köra, sönggi beş kun davomida Toşkentda yoğingarçilik kuzatilmagan. Şamol tezligining pastligi va havo almaşinuvining sustligi ifloslantiruvçi moddalarning atmosferada tarqalişini qiyinlaştirmoqda.
Bundan taşqari, avtomobillardan çiqadigan gazlar, quriliş maydonlaridagi çang va sanoat korxonalarining taşlanmalari ham poytaxt havosi sifatiga ta’sir körsatmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi çangli havo paytida köçaga çiqişni kamaytiriş, uyga qaytgaç yuviş va xonalarni namlab tozalaşni tavsiya qilgandi.