Şavkat Mirziyoyev 23 – 24-noyabr kunlari Iordaniyada böladi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 – 24-noyabr kunlari davlat taşrifi bilan Iordaniyada böladi. Taşrif mamlakat podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan amalga oşiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Taşrif davomida Iordaniya poytaxti Amman şahrida ikki davlat rahbarlarining muzokaralari ötkaziladi. Şuningdek, Özbekiston va Iordaniya rasmiylari hamda işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes forum taşkil etiladi.
Muzokaralarda ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.
Qaysi sohalarda hamkorlik kuçaytiriladi
Tomonlar töqimaçilik, toğ-kon va kimyo sanoati, qişloq xöjaligi hamda farmatsevtika sohalarida qöşma loyihalarni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratadi.
Şuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaş va ikki mamlakat örtasida sayyohlik almaşuvlarini faollaştiriş masalalari ham körib çiqiladi.
Taşrif yakunida Özbekiston va Iordaniya örtasida bir qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq davlat rahbari Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan uşbu davlatda bölgandi.