Blogerlarga yangi uylarni reklama qiliş taqiqlanişi mumkin

Özbekistonda qurilayotgan köp kvartirali uylarni reklama qilişga yangi talab joriy etiş taklif qilinmoqda. Loyiha deklaratsiyasi Yagona axborot tizimiga joylaştirilmagan obyektlarni reklama qilişga yöl qöyilmaydi. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi ma’lum qildi.
Yangi tartib tegişli qonun loyihasiga kiritilgan
Yangi tartib «Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonun loyihasida közda tutilgan. Qömita izohiça, hozir xaridor yangi qurilayotgan uy haqidagi ma’lumotni köp hollarda reklamadan oladi.
Quruvçi kimligi, yer maydonining huquqiy maqomi, quriliş uçun ruxsatnoma mavjudligi yoki obyekt qaçon topşirilişi haqidagi ma’lumotni tekşiriş qiyin bölişi mumkin. Natijada ayrim qurilişlar keyinçalik muammoli obyektga aylanişi, işlar töxtab qolişi yoki uylarni topşiriş muddati çözilişi mumkin.
Taqiq bloggerlarga ham tegişli böladi
Taklif etilayotgan tartibga köra, uluş asosida qurilayotgan uy va xonadonlarni faqat loyiha deklaratsiyasi Yagona axborot tizimiga joylaştirilganidan keyin reklama qiliş mumkin böladi. Uşbu talab nafaqat quruvçiga, balki obyektni reklama qiluvçi boşqa şahslar va bloggerlarga ham tatbiq etilişi közda tutilmoqda.
Şu tariqa, fuqaro reklamada körgan xonadonni sotib olişdan oldin uning loyiha deklaratsiyasi axborot tizimida mavjud yoki yöqligini tekşira oladi. Deklaratsiyada quruvçi va obyekt haqidagi asosiy ma’lumotlar açiqlanişi közda tutilgan.
Xaridor puli ham alohida himoyalanadi
Qonun loyihasi faqat reklamani emas, uluşdorlarning mablağlarini jalb qiliş tartibini ham özgartirişni nazarda tutadi. Jumladan, quruvçi aholi mablağlarini jalb qiliş uçun Yagona axborot tizimida röyxatdan ötişi, loyiha deklaratsiyasini e’lon qilişi va bank bilan tegişli bitim tuzişi kerak böladi.
Uluşdorlarning puli töğridan töğri quruvçiga berilmay, eskrou hisobvarağida saqlanişi, obyekt belgilangan talablar asosida yakunlangandan keyingina quruvçiga ötkazilişi közda tutilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonun loyihasi Qonunçilik palatasida uçinçi öqişda qabul qilinib, Senatga yuborilgani haqida xabar bergan edi. Hujjatda eskrou tizimi, quruvçilarga yangi talablar va muammoli obyektlar bilan boğliq mexanizmlar ham nazarda tutilgan.