COP31 yakuniy kelişuvsiz tugadi: neft va gaz böyiça bahslar murosaga yöl qöymadi

eʼlon qilindi
Bmt
Qazilma yoqilği asosiy bahsga aylandi
COP31 yakuniy kelişuvsiz tugadi: neft va gaz böyiça bahslar murosaga yöl qöymadi
Foto: SI

Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilgan BMTning COP31 iqlim sammiti asosiy siyosiy yakuniy hujjat böyiça kelişuvsiz yakunlandi. Muzokaralarda neft, gaz va kömir kabi qazilma yoqilğilardan voz keçiş masalasi böyiça tomonlar murosaga kela olmadi.

Sammit 20-noyabr kuni yakunlanişi kerak edi, biroq muzokaralar yana ikki kun davom etdi. Reuters ma’lumotiga köra, COP31 şu tariqa tarixdagi eng uzoq davom etgan BMT Iqlim konferensiyasiga aylandi.

Qazilma yoqilği asosiy bahsga aylandi

Muzokaralarning dastlabki hujjatlarida qazilma yoqilğilardan voz keçiş jarayonini tezlaştirişga oid bandlar bölgan. Keyinçalik bu formulirovka yakuniy loyiha matnidan olib taşlangan.

Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Norvegiya va bir qator boşqa davlatlar neft, gaz va kömir masalasi umuman tilga olinmagan hujjatni qöllab-quvvatlaşdan boş tortdi.

Irlandiya iqlim va energetika vaziri Darrag O’Brayen Yevropa Ittifoqi qazilma yoqilğiga işora qilinmagan yakuniy qarorni ma’qullamasligini bildirgan.

Rossiya esa qazilma yoqilği ta’minotini çeklaş energiya narxlarining keskin oşişi va energetik kambağallik xavfini kuçaytirişi mumkinligini ta’kidlagan. Saudiya Arabistoni ham barça energetik yeçimlar uçun imkoniyat saqlanişi kerakligini ilgari surgan.

Iqlim dasturlarini moliyalaştiriş böyiça ham kelişuv bölmadi

Bahslar faqat qazilma yoqilği bilan çeklanmagan. Rivojlanayotgan davlatlar iqlim özgarişiga moslaşiş uçun moliyalaştirişni uç baravar oşiriş taklifida aniq hisoblaş bazasi belgilanmaganini tanqid qilgan.

Afrika davlatlari esa iqlim böyiça yuqori majburiyatlarni bajariş uçun yetarli moliyaviy yordam zarurligini qayd etgan.

BMT natijadan hafsalasi pir bölganini bildirdi

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş COP31 umumiy yakuniy hujjat böyiça kelişuvsiz tugaganidan çuqur hafsalasi pir bölganini bildirdi.

BMTning iqlim böyiça ijroçi kotibi Saymon Stil ham muzokaralar natijasini tanqid qilib, dunyo bunday holatning yana takrorlanişiga yöl qöya olmasligini aytdi. Şu bilan birga, u oldingi iqlim kelişuvlari va majburiyatlari öz kuçida qolişini ta’kidladi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Özbekiston BMT elektron hukumat reytingida 32-öringa kötarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek