Energetika vazirligiga ikki yangi örinbosar tayinlandi

Energetika vazirligida ikkita yangi tayinlov amalga oşirildi. Prezidentning tegişli qarorlari bilan Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinçi örinbosari, Otabek Amanov esa energetika vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Abdumalik Nazirov birinçi örinbosar böldi
Prezident qarori bilan Abdumalik Abdusalimoviç Nazirov Özbekiston energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Otabek Amanov vazir örinbosari etib tayinlandi

Prezidentning tegişli qarori bilan Otabek Tölqinoviç Amanov Özbekiston energetika vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Amanov bunga qadar Atom energiyasi agentligining AES qurilişi direksiyasi direktori örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Şu tariqa Energetika vazirligi rahbariyatidagi yangi tayinlovlar elektr energetikasi va atom energetikasi yönalişlarida tajribaga ega mutaxassislar hisobiga amalga oşirildi.
Avvalroq «Kursiv» Energetika bozorini rivojlantiriş agentligiga yangi rahbar tayinlangani haqida yozgan edi.