Indoneziyadagi fabrika yonğinida önlab odam bedarak yöqoldi

Indoneziyaning Yava oroli ğarbida joylaşgan qandolat mahsulotlari fabrikasida yirik yonğin yuz berdi. Hodisa oqibatida odamlar halok bölgan, önlab işçilar esa bedarak yöqolgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Yonğin Banten provinsiyasining Serang tumanida, Jakarta şahridan qariyb 50 kilometr ğarbda joylaşgan fabrikada 21-noyabr, şanba kuni boşlangan.
Fabrikada 60 ga yaqin odamlar bölgan
Banten gubernatori Andra Sonining ma’lum qilişiça, yonğin boşlanganda fabrikada taxminan 60 kişi bölgan.
Indoneziya Milliy qidiruv va qutqaruv agentligi 15 kişi tirik holda topilganini ma’lum qildi. Yana tört kişi jarohat bilan şifoxona va mahalliy tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.
Qutqaruvçilar esa vayron bölgan binoning ayrim qismlarida qolib ketgan bölişi mumkin bölgan 36 ga yaqin odamlarni qidirmoqda.
Qurbonlar soni böyiça ma’lumotlar aniqlaştirilmoqda
Qidiruv-qutqaruv xizmati yakşanba oqşomigaça yonğin joyidan 24 ta jasad qopini olib çiqqanini ma’lum qilgan. Şu sabab hodisadagi qurbonlarning yakuniy soni hozirça aniqlaştirilmoqda.
Qidiruv işlari yakşanba kuni keçqurun vaqtinça töxtatilgan va duşanba kuni davom ettirilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Qaşqadaryoda gaz çaqnaşi oqibatida ikki kişi jarohatlangani haqida yozgan edi.