Iordaniya GTA 6’ni bloklamoqçi

Iordaniya hukumati maşhur Grand Theft Auto VI (GTA 6) videoöyinini mamlakatda bloklaşga tayyorgarlik körmoqda. Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş komissiyasi bunga bolalar va ösmirlarning yoşiga mos bölmagan kontentdan foydalanişi hamda internetdagi nazoratsiz muloqot bilan boğliq xavotirlarni sabab qilib körsatmoqda. Biroq hozirça öyinni bloklaş böyiça yakuniy qaror kuçga kirgani yöq. Bu haqda Roya News xabar berdi.
Nega GTA 6’ni bloklaşmoqçi
Iordaniya Telekommunikatsiyalarni tartibga soliş komissiyasi raisi Lara Al-Xatibning naşrga bergan bayonotiga köra, idora jamiyatning turli qatlamlaridan kelib tuşgan murojaatlar ortidan öyinni bloklaş masalasini körib çiqmoqda.
Uning ta’kidlaşiça, zamonaviy videoöyinlar oddiy köngiloçar vositadan kengroq raqamli muhitga aylangan. Ularda foydalanuvçilar dunyoning turli mamlakatlaridagi notaniş odamlar bilan ovozli va matnli çatlar orqali muloqot qilişi mumkin.
Komissiya raisi bunday muhit, ayniqsa, voyaga yetmaganlar uçun xavfsizlik va nomaqbul xatti-harakatlarga duç keliş xavfini oşirişini ta’kidlagan.
Yoş çeklovi yetarli emas deb hisoblanmoqda
Al-Xatib Iordaniyaning bolalarni himoya qilişga oid qonunçiligida voyaga yetmaganlarning yoşiga mos bölmagan va behayo kontentdan foydalanişini çeklovçi normalar mavjudligini eslatgan.
Uning fikriça, öyinlarga yoş böyiça reyting berişning özi yetarli emas. Çunki GTA 6 faqat kattalar uçun möljallangan deb tasniflanganiga qaramay, bolalar va ösmirlar uni raqamli platformalardan yuklab oliş imkoniga ega.
Şu sababli komissiya tegişli davlat idoralari bilan birgalikda öyinni bloklaşning texnik va me’yoriy mexanizmlarini işlab çiqmoqda.
Ota-onalar nazorati ham kuçaytirilişi kerak
Komissiya raisi bolalarning smartfon va videoöyinlardan foydalanişini nazorat qilişda ota-onalar ham muhim rol öynaşini qayd etgan.
Uning aytişiça, rasmiy çeklovlar bilan bir qatorda oiladagi nazorat va farzandlarning raqamli muhitdagi faoliyatiga e’tibor qaratiş ham zarur.
Hozirça Iordaniyada GTA 6’ni bloklaş qaçon boşlanişi, çeklov aynan qaysi platformalarga tatbiq etilişi va öyinning avvaldan sotib olingan nusxalariga qanday ta’sir qilişi oçiqlanmagan.
Şunday qilib, mamlakatda öyinni taqiqlaş böyiça taşabbus mavjud, ammo rasmiy bloklaş hali amalga oşirilmagan.
Avvalroq GTA 6 öyini çiqarilgan ilk kunidayoq tarixdagi eng yirik köngiloçar mahsulot taqdimotlaridan biriga aylangani taxmin qilingandi.