Issiqxonalar uçun ekologik ekspertiza tölovi oşirildimi

Ijtimoiy tarmoqlarda issiqxonalar uçun davlat ekologik ekspertizasi tölovi 9 mln sömdan 38 mln sömga oşirilgani haqidagi video tarqalgan. Davlat ekologik ekspertizasi markazi amaldagi tölov 2 mln 860 ming sömni taşkil etişini ma’lum qildi.
Davlat ekologik ekspertizasi tölovi miqdori özgarmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda issiqxonalar uçun davlat ekologik ekspertizasi tölovi 9 mln sömdan 38 mln sömga oşirilgani haqidagi video tarqaldi. Markazga köra, video tadbirkorlar bilan oçiq muloqotdan kesib olingan. Unda ekologik ekspertiza tölovi bilan issiqxona qozonlariga sertifikat beriş, laboratoriya tadqiqotlari va instrumental ölçovlar uçun tölovlar bir-biriga qöşib yuborilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga köra, tabiiy gaz, kömir va boşqa yoqilğida işlaydigan isitiş tizimiga ega, atrof-muhitga ta’sirning III toifasiga kiruvçi issiqxonalarni davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş uçun bazaviy hisoblash miqdorining 6,5 baravari tölab beriladi. Hozirda bu 2 mln 860 ming sömga teng.
Qozon sertifikati ekologik ekspertizaga kirmaydi
Davlat ekologik ekspertizasi markazi issiqxona qozonlariga sertifikat beriş uning vakolatiga kirmasligini ham ta’kidladi. Şuningdek, laboratoriya tadqiqotlari, instrumental ölçovlar hamda atrof-muhitga ta’sirni baholaş loyihalarini tayyorlaş xizmatlari ham davlat ekologik ekspertizasi töloviga kiritilmaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toşkent şahri va viloyatidagi qattiq yoqilğida işlaydigan issiqxonalar 1-dekabrgaca yangi ekologik talablarga moslaşişi kerakligi haqida xabar bergan edi.