Namangan va Toşkentda kuçli ta’sir qiluvçi dorilar savdosi aniqlandi

eʼlon qilindi
Namanganda dori vositalari bekat oldida sotilgan
Namangan va Toşkentda kuçli ta’sir qiluvçi dorilar savdosi aniqlandi
Foto: departament

Namangan va Toşkentda kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini noqonuniy sotiş bilan boğliq bir neçta holat aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma’lum qildi.

Namanganda dori vositalari bekat oldida sotilgan

Departamentning Namangan tumani va Namangan şahar bölimlari xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda noqonuniy dori savdosi bilan şuğullangani aytilayotgan fuqaro qölga olindi.

Ma’lumotga köra, u Namangan şahrining Marğilon mahallasi hududidagi Namangan – Andijon yönalişi transport vositalari bekati oldida xaridorga dori vositalarini sotayotgan vaqtida uşlangan.

Tezkor tadbir davomida undan 18 ta kassetadagi Benzonal, şuningdek, 4 ta flakondagi Septral va 5 ta flakondagi Serbolizin dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Ekspertiza natijasida taqdim etilgan preparatlar kuçli ta’sir qiluvçi moddalar ekani aniqlangan.

Toşkentda 1,2 mingdan ortiq Benzonal aniqlangan

Departamentning Toşkent şahar Yaşnobod tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda MÇJ rahbari Benzonal dori vositalarini sotayotgan vaqtida uşlangan.

Tadbir davomida undan jami 1 240 dona Benzonal dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.

42 dona Regapen 6,3 mln sömga sotilayotgan bölgan

Departamentning Şayxontohur tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligidagi yana bir tadbirda fuqaro xaridorga 42 dona Regapen nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini 6,3 mln sömga sotayotgan vaqtida uşlangan.

Undan jami 69 dona Regapen kapsulasi, şuningdek, sigaret qutisiga joylangan beşta oq-qizil rangli kapsula va bir dona jigarrang, mumsimon, ötkir hidli modda aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri ikki hududda 334,7 mln sömlik gazdan noqonuniy foydalaniş aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek