Namanganda boğça direktori pora olayotganda uşlandi

Namanganda davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti direktoriga nisbatan işga qabul qiliş evaziga pul talab qilgani böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma’lum qildi.
Ma’lumotga köra, fuqaro departamentning Namangan viloyati boşqarmasiga murojaat qilib, şahar maktabgaça va maktab ta’limi bölimiga qaraşli davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti direktori uni işga joylaştiriş uçun pul talab qilayotganini bildirgan.
Avval $300, keyin yana $200 söralgan
Arizaçining bayoniga köra, direktor uni muassasaga metodist lavozimiga işga qabul qiliş evaziga dastlab $300 talab qilgan. Keyinçalik esa fuqaroning yarim stavkali tarbiyaçi lavozimiga işga tayinlanişi uçun yana $200 söragan.
1,8 mln söm olayotganda uşlangan
Murojaat asosida departamentning Namangan viloyati boşqarmasi hamda Çortoq tumani bölimi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
2026-yil 28-oktabr kuni muassasaning ma’muriy binosida direktor arizaçidan 1,8 mln söm miqdoridagi kimyoviy işlov berilgan pul mablağini olayotgan vaqtida uşlangan.
Pul mablaği aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.
Jinoyat işi qözğatildi
Departament qayd etişiça, davlat ta’lim muassasasiga işga qabul qiliş qonunçilikda belgilangan tartib va talablar asosida amalga oşirilişi kerak.
Mansabdor şaxsning xizmat mavqeyidan foydalanib, uşbu jarayonni pul evaziga hal qilişga urinişiga jinoiy javobgarlik belgilangan.
Mazkur holat yuzasidan mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Namangan va Toşkentda kuçli ta’sir qiluvçi dorilar savdosi aniqlangani haqida yozgan edi.