
Nio Xitoyda yangilangan Nio ET5 Touring modelini sinovdan ötkazmoqda. Kompaniya asosçisi va boş direktori Uilyam Li 22-noyabr kuni Nankinda ötkazilgan foydalanuvçilar tadbirida yangilangan ET5 Touring va ES6 modellari 2027-yilning birinçi yarmida Xitoy bozoriga çiqişini tasdiqladi.
Yangi ET5 Touring hozirça rasmiy taqdim etilmagan, biroq kamuflyajlangan prototiplar umumiy yöllarda sinovdan ötayotgani suratlarda körinmoqda.
ET5 Touring va ES6 2027-yilning birinçi yarmida çiqadi
Uilyam Li ikki model ketma-ket bozorga çiqarilişini ma’lum qilgan, biroq qaysi biri birinçi taqdim etilişini oçiqlamagan.
Yangi avlod ES6 NT3.0 platformasi asosida quriladi. ET5 sedani va EC6 kupe-krossoveri esa 2027-yilda yangilanmaydi.
Yangilangan ET5 Touring dekabr oyidagi Nio Day tadbirida namoyiş etilişi mumkin, biroq kompaniya hozirça buni rasman tasdiqlamagan.

Hozirgi versiya 483 ot kuçiga ega
Amaldagi ET5 Tourinğning 100 kVt·soatli batareyaga ega versiyasi 360 kVt, ya’ni 483 ot kuçi işlab çiqaradi.
Xitoyning CLTC sikli böyiça model bir quvvatlanişda 710 km gaça, Yevropaning WLTP standartida esa 560 km gaça masofa bosib öta oladi.
Xitoyda model narxi 298 ming yuandan, ya’ni taxminan $44,6 mingdan boşlanadi.
BaaS — batareyani alohida ijaraga oliş tizimi bilan esa avtomobilning boşlanğiç narxi 190 ming yuan, ya’ni qariyb $28,5 mingni taşkil qiladi. Bunda batareya uçun alohida oylik tölov amalga oşiriladi.

Yangi haydovçiga yordam tizimi ham tayyorlanmoqda
Nio 25-noyabr kuni özining yangi NWM 3.0 texnologiyasini taqdim etişi kutilmoqda.
U haydovçiga yordam beruvçi tizimlar uçun yangi model arxitekturasi, yopiq siklli öqitiş va turli funksiyalarni birlaştiriş imkoniyatlarini öz içiga oladi.
Yangilangan ET5 Touring yoki ES6 uşbu texnologiyani olişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Nio Firefly 60 kWh batareyali yangi versiyasini çiqargani haqida yozgan edi.