Oltoy yöllarida 130 ming km: Cobalt sinovdan qanday ötdi

Chevrolet Cobalt’ning sobiq egasi «Drom» portalida avtomobilni Oltoyda sakkiz yil davomida işlatgani haqidagi tajribasi bilan örtoqlaşdi. Sotuv vaqtida avtomobilning umumiy yurişi 130 ming kmni taşkil etgan. Uning xulosasiga köra, avtomobilni sotib oliş mumkin.
«Maşina Oltoy Respublikasidagi turli sifatdagi köplab yöllardan ötdi, jumladan, Katu-Yarik dovonidan kötarilib-tuşdi, «Mars maydonlari» böylab yurdi. Heç qaçon işga tuşirişda ham, tormozlaşda ham, tezlikni oşirişda ham muammo bölmadi», – deydi haydovçi.
Köp yurganiga qaramay, avtomobilning yuriş qismi juda yaxşi saqlangan. Avtomatik uzatmalar qutisi va dvigatel böyiça ham e’tiroz bölmagan.
Avtomobil sobiq egasi salonning uzoq xizmat qilişini ham ijobiy baholagan. Uning aytişiça, matoli qoplama va plastik detallar yillar davomida yaxşi saqlangan. Kuzov deyarli zanglamagan, faqat haydovçi eşigi qoplamasi ostida ozgina zang topilgan.
Şuningdek öqing: Qiş yaqinlaşmoqda: Chevrolet Cobalt’da sovuqdan oldin nimalarni tekşiriş kerak
U avtomobilni işlatiş böyicha ayrim «layfxaklar»ni ham aytib ötgan. Xususan, moyni har 8 ming kmda almaştirgan. Avtomatik uzatmalar qutisi va rul gidrokuçaytirgiçi suyuqligi 50, 90 va 120 ming km yurişda almaştirilgan. Öt oldiriş şamları esa ikki marta – 50 va 90 ming kmda yangilangan.
Avtomobil egasi potensial qimmat turadigan işlardan biri sifatida klapanlarning issiqlik tirqişini sozlaşni aytgan. Uning sözlariga köra, maxsus ehtiyot qismlar tanlaş zarurligi sabab bunday işni bajaradigan usta topiş oson bölmagan.
Cobalt qança pulga sotildi
Işlatilgan Cobalt sotilişiga oddiy sabab – yanada zamonaviy avtomobil sotib oliş istagi bölgan. Şu bilan birga, sedanni sotiş vaqtida avtomobil egasining turmuş örtoği köziga yoş olgan.
Avtomobil 650 ming rublga, ya’ni taxminan 100 mln sömga sotilgan. Sobiq egasi avtomobilni mustaqil sotganda 670 – 700 ming rubl, ya’ni taxminan 103 – 108 mln söm olişga umid qilganini bildirgan.
Özbekistonda işlatilgan Chevrolet Cobalt narxi komplektatsiyasi va işlab çiqarilgan yiliga qarab 70 mln sömdan boşlanib, 145 mln sömgaça yetadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklar Cobalt uçun qanday kredit stavkalari taklif qilayotgani haqida xabar bergan edi.