OTMlarning milliy reytingi böyiça rağbatlantiriş tartibi belgilandi

Özbekistonda oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingini yuritiş tartibiga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Mablağlar 15 iş kunida ötkaziladi
Özgartirişlarga köra, Ta’lim va ilm-fan vazirligi rağbatlantiriş uçun ajratilgan mablağlarni milliy reyting natijalari e’lon qilingan kundan boşlab 15 iş kuni içida tegişli davlat OTMga ötkazadi.
Bu tartib prezidentning 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son farmonida belgilangan davlat oliy ta’lim taşkilotlarini rağbatlantiriş çoralariga muvofiq joriy etilmoqda.
Ma’lumot kiritiş muddati uzaytirildi
OTMning maxsus platformaga hisobot yili böyiça ma’lumotlarni kiritiş muddati ham özgartirildi. Avval bu muddat 1-fevralgaça bölgan bölsa, endi 1-iyungaça uzaytirildi.
Bitiruvçilar bandligi yangi indeks bilan baholanadi
Milliy reytingni şakllantirişda bitiruvçilarning bandligi bilan boğliq ayrim indikatorlar endi «Bitiruvçi sifati indeksi» natijalari bilan almaştiriladi.
Mazkur indeksni hisoblaş metodikasi 2026-yil 31-oktabrda davlat röyxatidan ötkazilgan.
Xorijiy ekspertlar soni 200 nafargaça bölişi mumkin
OTMning xalqaro darajadagi obrösini aniqlaşda xorijiy hamkor oliy ta’lim va ilmiy taşkilotlardan jami 200 nafargaça xodimni jalb qilişga ruxsat beriladi.
Kiritilgan özgartirişlar oliy ta’lim taşkilotlari reytingini şakllantirişda baholaş mezonlarini yangilaş va davlat OTMni natijalar asosida rağbatlantirişga qaratilgan.
Avvalroq «Kursiv» 11-sinf bitiruvçilari bir imtihon bilan maktabni bitirişi va OTMga kirişi mumkinligi haqida yozgan edi.