Saddam Husaynning VIP samolyoti sotiladi

Saddam Husayn hukumati AQŞ boşçiligidagi koalitsiya hujumlaridan saqlaş uçun 1991-yilda Tunisga olib çiqqan ikkita Boeing 747 samolyoti hanuz mamlakatga qaytmagan. Oradan 35 yil ötib, Iroq ularni sotuvga qöydi. Har bir samolyotning taxminiy narxi 900 ming dollar etib belgilangan. Bu 2023-yildagi avvalgi taklif narxidan qariyb 82 foiz yuqori. Bu haqda Iroqning davlatga qaraşli Iraqi Airways aviakompaniyasi rasmiy saytida e’lon qildi.
Saddam Husayn foydalangan samolyot ham sotuvga qöyildi
Sotuvga çiqarilgan ikkita samolyotdan biri Boeing 747-200, ikkinçisi esa Boeing 747SP rusumiga mansub. Ularning röyxatga oliş raqamlari mos ravişda YI-AGP va YI-ALM. Har ikkala samolyot ham 1982-yilda işlab çiqarilgan va Pratt & Whitney JT9D-7F dvigatellari bilan jihozlangan.
Boeing 747SP rusumidagi YI-ALM samolyoti Iroq hukumatining VIP transporti sifatida işlatilgan. U maxsus yotoq xonasi, majlislar xonasi va yotiş uçun möljallangan örindiqlarga ega zal bilan jihozlangan. Samolyot Saddam Husayn hukumati uçun xizmat qilgan.
Nega samolyotlar 35 yildan beri Tunisda turibdi
Iroq 1990-yil avgustida Quvaytga bostirib kirganidan keyin mamlakatga qarşi harbiy amaliyot boşlanişi xavfi kuçaydi. Saddam Husayn hukumati aviatsiya texnikasini ehtimoliy bombardimonlardan saqlaş uçun ayrim samolyotlarni xorijga olib çiqişga qaror qildi.
Şu tariqa, ikkita Boeing 747 1991-yil yanvarida Tunis janubidagi Tozeur-Nefta xalqaro aeroportiga olib borildi. Ular orasida Iroq hukumatining VIP samolyoti ham bor edi.
Keyinçalik xalqaro sanksiyalar, Quvayt bilan boğliq mulkiy nizolar va aeroportda saqlaş xarajatlari samolyotlarning Iroqqa qaytarilişiga tösqinlik qildi. 2020-yilda Iroq Tunis tomoni oldidagi aeroport xarajatlari böyiça qarzdorlikni hal qilgani haqida xabarlar berilgan, biroq samolyotlar aeroportda qolgan.
Narx uç yil içida 82 foizga oşdi
Iroq bu samolyotlarni avval ham sotişga uringan. 2023-yilda ularning har biri 494 ming dollardan baholangan edi. Öşa savdo amalga oşmagan.
Yangi e’londa esa har bir samolyotning taxminiy qiymati 900 ming dollar etib belgilangan. Natijada, avvalgi taklif bilan soliştirganda narx qariyb 82 foizga oşgan. Ikkala samolyot uçun jami 1,8 mln dollar söralmoqda.
Xaridorlar har bir samolyot uçun 180 ming dollar miqdorida, ya’ni baholangan qiymatning 20 foiziga teng kafolat taqdim etişi kerak. Bundan taşqari, xarid narxining 2 foizi miqdorida xizmat haqi ham undiriladi.
Samolyotlar hozirgi holati va joylaşgan manzilida, texnik kafolatsiz sotiladi. Ğolib xaridor mulk huquqini rasmiylaştiriş, bojxona, taşiş va tegişli boşqa xarajatlarni ham öz zimmasiga oladi.
Savdo jarayoni böyiça komissiya 2026-yil 21-dekabrdan 2027-yil 5-yanvargaça Iroqning Tunisdagi elçixonasida faoliyat yuritişi rejalaştirilgan. Samolyotlarni kompaniyalar ham, jismoniy şaxslar ham alohida yoki birgalikda sotib oliş uçun taklif kiritişi mumkin.
Iroq aviakompaniyasi e’lonida samolyotlarning parvozga yaroqliligi haqida kafolat berilmagan. Şu sababli ularni 900 ming dollarga sotib olgan xaridorning samolyotlardan qayta foydalanişi mumkinligi hozirça noma’lum.
Avvalroq Isroil muxolifati mamlakatning amaldagi boş vaziri Binyamin Netanyahu va uning idorasini saylov jarayoniga aralaşişga urinişda ayblagandi.