Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga jönab ketdi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni Iordaniyaga davlat taşrifi bilan jönab ketdi. Taşrif davomida qirol Abdulla II bilan oliy darajadagi muzokaralar, şuningdek, ikki mamlakat işbilarmon doiralari iştirokida biznes-forum ötkaziladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda qaysi masalalar muhokama qilinadi
Taşrif Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn taklifiga binoan amalga oşirilmoqda. Dasturdan Amman şahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari va işbilarmon doiralari vakillari iştirokidagi biznes-forum hamda boşqa qöşma tadbirlar örin olgan.
Muzokaralarda Özbekiston va Iordaniya munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.
Xususan, quyidagi yönalişlarda hamkorlikni rivojlantirişga e’tibor qaratiladi:
- töqimaçilik sanoati;
- toğ-kon sanoati;
- kimyo sanoati;
- qişloq xöjaligi;
- farmatsevtika.
Şuningdek, tomonlar madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaş va turizm almaşinuvini faollaştiriş masalalarini ham muhokama qiladi.
Muzokaralar yakunida hujjatlar imzolanadi
Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga köra, muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikka oid bir qator hujjatlarni qabul qiliş rejalaştirilgan. Hozirça ularning aniq mazmuni va qiymati oçiqlanmagan.
Mirziyoyev va Abdulla II bundan avval 6-noyabr kuni Ostonada ötkazilgan «Aqaba Process» uçraşuvi doirasida muloqot qilgan. Öşanda tomonlar savdo, investitsiya hamda madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan.
Qolaversa, 17 – 18-noyabr kunlari Toşkentda Özbekiston va Iordaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ilk forumi ham ötkazilgan. Unda ikki mamlakatning 35 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnaşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq davlat rahbari Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan uşbu davlatda bölgandi.