Sindarov jahon çempionati birinçi partiyasini oq donalarda boşlaydi

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun turnirning birinçi partiyasini oq donalarda ötkazadi. U amaldagi jahon çempioni hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi dona suradi.
Şveysariyaning Jeneva şahrida ötkazilgan oçiliş marosimida birinçi partiya uçun ranglar qur’a orqali aniqlandi. Gukeş qora rangli şaxmat otini, Sindarov esa oq rangli otni tanladi. Şu tariqa özbekistonlik şaxmatçi birinçi partiyani oq donalarda boşlaydi.
Birinçi partiya 24-noyabr kuni
Birinçi klassik partiya 24-noyabr kuni Jeneva vaqti bilan soat 15:00 da, Toşkent vaqti bilan esa 19:00 da boşlanadi.
Salesforce FIDE World Çampionşip 2026 turniri 22-noyabrdan 12-dekabrgaça Jeneva yaqinidagi Koloni şahrida joylaşgan Fondation Martin Bodmer majmuasida ötkaziladi.
Jahon çempionligi 14 ta klassik partiyada hal qilinadi
Turnir reglamentiga köra, Sindarov va Gukeş maksimal 14 ta klassik partiya ötkazadi. Birinçi bölib 7,5 oçko töplagan şaxmatçi jahon çempioni böladi.
Agar 14 partiyadan keyin hisob 7:7 bölsa, 12-dekabr kuni tay-breyk ötkaziladi. Avval tört tezkor partiya, zarurat tuğilsa undan ham qisqa vaqt nazoratidagi partiyalar öynaladi.
Klassik partiyalarda har bir şaxmatçiga dastlabki 40 yuriş uçun 120 daqiqa, qolgan qism uçun yana 30 daqiqa beriladi. 41-yurişdan boşlab har bir yurişga 30 soniya qöşiladi.
Mukofot jamğarmasi $2,5 mln
Jahon çempionligi uçun turnirning umumiy mukofot jamğarmasi $2,5 mlnni taşkil etadi.
Har bir klassik partiyadagi ğalaba uçun şaxmatçiga $200 ming ajratiladi. Qolgan mukofot puli reglamentga muvofiq ikki şaxmatçi örtasida taqsimlanadi.
Tarixdagi eng yoş jahon çempionligi turniri
Sindarov ham, Gukeş ham turnir boşlangan paytda 20 yoşda. Şu sabab FIDE bu qarama-qarşilikni şaxmat tarixidagi jahon çempionligi uçun eng yoş iştirokçilar qatnaşayotgan turnir sifatida qayd etmoqda.
Gukeş 2024-yilda Din Lijenni 7,5:6,5 hisobida mağlub etib, 18 yoşida şaxmat tarixidagi eng yoş mutlaq jahon çempioniga aylangan.
Sindarov esa 2026-yilgi Nomzodlar turnirida mağlubiyatsiz 10 oçko töplab, bir tur oldin ğoliblikni ta’minlagan. U jahon çempionligi uçun kuraşiş huquqini qölga kiritgan birinçi özbekistonlik şaxmatçi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri FIDE Magnus Karlsenga qarşi intizomiy iş boşlaşi haqida yozgan edi.