Soliqlarni tölang, tinç uxlang: soliqni tekşiriş böyiça qöllanma

Uy, yer yoki boşqa mol-mulkingiz bölsa, soliq böyiça qarzdorlik yiğilib qolganini sezmay yurişingiz mumkin. Buni biliş uçun soliq idorasiga boriş yoki navbat kutiş şart emas. Telefon orqali bir neça daqiqada qarzingiz bor-yöqligini tekşiriş va rasmiy ma’lumotnoma oliş mumkin. Kursiv Uzbekistan soliq qarzingizni qanday tekşiriş, hisob-kitobda xato topsangiz nima qiliş va tölov amalga oşirilgan bölsa-yu, tizimda körinmasa qanday yöl tutiş kerakligini bosqiçma-bosqiç tuşuntiradi.
Soliq qarzingizni qayerdan tekşiriş mumkin
Buning eng oddiy yöllaridan biri — my.gov.uz portalidagi «Soliqdan qarzi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma — my.gov.uz» xizmatidan foydalaniş.
Xizmat bepul va avtomatik körsatiladi. Ma’lumotnoma oliş uçun davlat xizmatlari markaziga boriş yoki qöşimça hujjat taqdim etiş talab qilinmaydi. Portalda uşbu xizmat №126 sifatida körsatilgan.
Ma’lumotnomani qanday oliş mumkin
1-qadam: my.gov.uz saytiga kiring.
2-qadam: Şaxsiy kabinetingizga kiring yoki tizimdagi identifikatsiya usullaridan foydalaning.
3-qadam: «Soliqdan qarzi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma» xizmatini tanlang.4-qadam: Xizmatdan foydalaniş uçun sörov yuboring.
5-qadam: Tizim ma’lumotlarni avtomatik tekşiradi va natijani şakllantiradi.

Agar soliq böyiça qarzingiz mavjud bölmasa, tegişli ma’lumotnoma olinadi. Xizmat bepul va avtomatik.
Qaysi soliqlar böyiça qarzdorlik çiqişi mumkin
Jismoniy şaxslar uçun, xususan, mol-mulk va yer soliği böyiça majburiyatlar mavjud bölişi mumkin. My.gov.uz portalida bu soliqlar alohida xizmat yönalişi sifatida ham körsatilgan.
Şuning uçun «Men soliq tölamayman, demak qarzim ham yöq» degan xulosaga keliş töğri emas. Agar sizning nomingizda tegişli soliq soliş obyekti mavjud bölsa, uning böyiça hisoblangan majburiyatni tekşirib köriş kerak.
«Men bu soliqni allaqaçon tölaganman». Ammo tizimda qarz çiqsa-çi
Bu holatda eng avvalo tölovni tasdiqlovçi ma’lumotlarni tekşiriş kerak. Tölovni amalga oşirganingizni tasdiqlovçi kvitansiya, tölov sanasi, summa va boşqa rekvizitlarni saqlab qöyiş muhim.
Agar tölov amalga oşirilgan bölsa-yu, soliq majburiyati tizimda yopilmagan bölsa, tölov ma’lumotlari böyiça aniqlik kiritiş uçun soliq organiga murojaat qiliş mumkin.
Soliq qömitasining elektron xizmatlar tizimi ham soliq majburiyatlarini bajariş uçun onlayn xizmatlarni taqdim etadi.
Soliq summasi notöğri hisoblangan deb öylasangiz nima qiliş kerak
Bu yerda eng muhim narsa — qarzdorlikni şunçaki tölab yuborişdan oldin hisob-kitobni tekşiriş. Masalan, sizga tegişli bölmagan mol-mulk yoki yer böyiça soliq hisoblangan bölişi mumkin. Yoki ma’lumotlarda xatolik bölişi ehtimoli bor.
Bunday vaziyatda hisob-kitob asosini aniqlaştiriş va soliq organiga murojaat qiliş kerak. Murojaat qilişda soliq hisoblangan obyekt, şaxsiy ma’lumotlar va mavjud tasdiqlovçi hujjatlarni körsatiş foydali.
Qarzni vaqtida tölamasangiz nima böladi
Soliq majburiyati öz vaqtida bajarilmasa, qonunçilikda nazarda tutilgan tartibda penya hisoblanişi mumkin. Soliq kodeksida soliq qarzini undiriş tartibi ham belgilangan. Xususan, jismoniy şaxsning mol-mulki hisobidan undiriş qonunçilikda belgilangan ketma-ketlik asosida amalga oşiriladi.
Şu sababli «keyinroq tölayman» deb qarzdorlikni uzoq vaqt qoldiriş qöşimça majburiyatlar yuzaga kelişiga olib kelişi mumkin.
Tölovni qilganingizdan keyin nima qiliş kerak
Tölovni amalga oşirgaç, kvitansiyani öçirib yubormang. Ayniqsa quyidagi ma’lumotlarni saqlab qöyiş kerak:
- tölov sanasi;
- tölangan summa;
- tölov turi;
- tölovni tasdiqlovçi hujjat yoki elektron çek.
Agar keyinçalik tizimda qarzdorlik körinsa, aynan şu ma’lumotlar tölovni tasdiqlaşga yordam beradi. Qolaversa uşbu ma’lumotlarni «Soliq» ilovasi orqali ham tekşiriş imkoniyati mavjud.
Eng muhim uçta iş
Yil tugaşidan oldin quyidagilarni tekşirib qöyiş kifoya:
- my.gov.uz orqali soliq qarzingiz bor-yöqligini aniqlang.
- Qarzdorlik çiqsa, u qaysi soliq va qaysi obyekt böyiça hisoblanganini aniqlang.
- Tölov qilgan bölsangiz, kvitansiyani saqlang va qarzdorlik tizimda yopilganini tekşiring.
Qisqasi, soliq qarzini biliş uçun soliq idorasiga boriş şart emas. Rasmiy ma’lumotnomani onlayn oliş mumkin. Ammo tizimdagi summa siz kutganingizdan farq qilsa, uni şunçaki tölab yuborişdan oldin hisob-kitob sababini aniqlaş kerak.