Toşkentda 8 nafar narkokuryer qölga olindi

eʼlon qilindi
Ular Toşkent şahrida mefedron, MDMA, kokain giyohvandlik vositalarini tarqatib yurgan
Foto: iibb.uz

Toşkent şahri va viloyatida yoşlar iştirokidagi uyuşgan narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi. Tezkor tadbirlar Uçtepa, Bektemir va Ohangaron tumanlarida ötkazilgan. Bu haqda Toşkent şahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Guruh a’zolari orasida 20 yoşlilar ham bor

Foto: iibb.uz

Tezkor tadbirlar davomida narkotik moddalarni tarqatiş bilan şuğullangan 8 nafar guruh a’zolari aniqlangan. Ularning ikki nafari 2006-yilda tuğilgan. Guruh a’zolaridan biri suriştiruv jarayonida bu işni qanday topganini aytgan:

«Men telegram va instagram tarmoğlari orqali kuryerlikka işga kirdim. Lokatsiya berilgan joylarga borib uni olib, boşqa joylarga tarqatişim kerak edi».

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar guruh faoliyati uyuşgan tarzda olib borilganini ma’lum qilgan. Ular Toşkent şahrida mefedron, MDMA, kokain giyohvandlik vositalarini tarqatib yurgan.

Giyohvandlikka qarşi tezkor tadbirlar davom etmoqda

Ma’lumotlarga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida mamlakatda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan boğliq 13,3 mingga yaqin jinoyat foş etilgan. Şu davrda 3,3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi musodara qilinib, 122 ta uyuşgan narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toşkentda internet orqali faoliyat yuritgan narkodökonning «zakladçik»idan 1,2 kgdan ortiq sintetik narkotik moddalar olib qöyilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek