Uşbu haftada havo sovib, yomğir yoğadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hafta boşida yomğir va kuçli şamol kutilmoqda
Foto: depositphotos

Özbekistonda 23 – 27-noyabr kunlari ob-havo beqaror bölişi kutilmoqda. Hafta boşida ayrim hududlarda yomğir yoğadi, şamol kuçayadi. Kunduzgi harorat 22–27 daraja iliqdan 10–15 darajagaça pasayadi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

23-noyabr kuni respublikaning katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomğir yoğadi.

23-noyabr keçqurun va 24-noyabr kuni respublikaning şimoli-ğarbiy hamda eng çekka janubiy hududlaridan taşqari, ayrim joylarda yomğir yoğişi mumkin.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Ayrim hududlarda uning tezligi 13–18 metrgaça, 23-noyabr kuni esa 20–22 metrgaça kuçayişi mumkin. Ba’zi joylarda çang-tözonlar kuzatiladi.

Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomğir va qor yoğadi. 24-noyabr kuni ayrim joylarda yoğingarçilik kuçli bölişi mumkin.

Hafta örtasida havo qanday böladi

25-noyabrdan respublikaning katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Biroq 26-noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasida, 26-noyabr keçqurun va 27-noyabrga ötar keçasi esa Toşkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğişi kutilmoqda.

Hafta davomida harorat özgaruvçan böladi. Kunduz kunlari havo 22–27 darajadan 10–15 daraja iliqqaça pasayadi. Keçalari esa asosan 8–13 daraja iliq böladi.

Toşkentda harorat 10–15 darajagaça pasayadi

Poytaxtda 23-noyabr kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 24–26 daraja iliq böladi. 24-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat 15–17 darajagaça pasayadi.

25 – 27-noyabr kunlari asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kutilmoqda. Faqat 26-noyabr keçqurun va 27-noyabrga ötar keçasi yomğir yoğişi mumkin.

25 – 26-noyabr kunlari kunduzgi harorat 19–24 daraja iliq böladi. 27-noyabrga kelib esa havo 10–15 darajagaça soviydi.

Şunday qilib, hafta davomida harorat keskin özgaradi. Ayniqsa, 24 va 27-noyabr kunlari havo nisbatan salqin bölişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda noyabr oxirida havo sifati yomonlaşişi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bunga tunda va ertalab havoning yer yuzasiga yaqin qatlamda «turib qolişi» hamda isitiş mavsumi ta’sir qilişi mumkin.

Shuningdek