Xartumdagi dron hujumida BMT binosi zarar kördi

eʼlon qilindi
Bmt
Xartumda bir neça soat davomida portlaşlar eşitilgan
Xartumdagi dron hujumida BMT binosi zarar kördi
Foto: depositphotos

Sudan poytaxti Xartumda amalga oşirilgan dron hujumlari oqibatida turarjoy hududida joylaşgan BMT binosi zarar kördi. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaşti​riş böyiça boşqarmasi – OÇA ma’lum qildi.

Hujum vaqtida Xartum aeroporti va şaharning boşqa hududlarida ham portlaş ovozlari eşitilgan. Hozirça qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

BMT gumanitar xodimlar xavf ostida qolganini qoraladi

BMT ma’lumotiga köra, dron zarbalaridan biri fuqarolar yaşaydigan hududdagi taşkilot binosiga zarar yetkazgan.

Sudandagi BMT rezident va gumanitar koordinatori Deniz Braun gumanitar taşkilot xodimlarining bunday xavfga duçor qilinişini qabul qilib bölmaydigan holat deb baholadi.

«Bizning bunday xavf ostida qolişimiz qabul qilib bölmaydigan holat», – dedi u.

Xartumda bir neça soat davomida portlaşlar eşitilgan

AFP ma’lumotiga köra, Xartum aeroporti atrofi va şaharning boşqa hududlarida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:00 dan 04:30 gaça portlaş ovozlari eşitilgan.

Guvohlardan birining aytişiça, dron zarbalaridan biri turarjoy binosini töliq vayron qilgan.

Hujum oqibatida halok bölgan yoki jarohatlanganlar haqidagi ma’lumotlar dastlabki paytda kelib tuşmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan naşri COP31 yakuniy kelişuvsiz tugagani haqida yozgan edi.

Shuningdek