Uy-joy subsidiyasiga ariza, Özbekistonga kelayotgan eng köp göşt — 24-noyabr yangiliklari

Uy-joy subsidiyasiga ariza, Özbekistonga kelayotgan eng köp göşt — 24-noyabr yangiliklari Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Jensen Huang Nvidia boş direktori lavozimiga qaytdi

Jensen Huang Nvidia kompaniyasining prezidenti, boş direktori va direktorlar kengaşi a’zosi lavozimlariga qayta tiklandi. Kompaniya direktorlar kengaşi 23-noyabr kuni uning qaytişini bir ovozdan ma’qulladi. Qaror darhol kuçga kirgan.
«Neftçi» «Al-Hilol»dan oçko oldi, «Paxtakor» Jiddada yutqazdi

Özbekistonning ikki klubi – «Neftçi» va «Paxtakor» 23-noyabr kuni OFK Çempionlar ligasi Elit turnirining beşinçi turida Saudiya Arabistoni vakillariga qarşi maydonga tuşdi.
Farğonaliklar öz maydonida 0:2 hisobida ortda qolayotganiga qaramay, «Al-Hilol» bilan 2:2 hisobida durang öynadi. «Paxtakor» esa Jiddada «Al-Ittihod»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
UzAuto Motors Cobalt, Tracker, Onix va Damas uçun bölib tölaşni yopadi

UzAuto Motors 2027-yil 1-yanvardan Cobalt, Tracker, Onix va Damas avtomobillarini bank iştirokisiz bölib tölaş dasturini töxtatadi. Amaldagi şartlar böyiça avtomobil xarid qiliş uçun şartnomani 31-dekabrgaça rasmiylaştiriş mumkin.
Hozir kompaniya uşbu modellarning ayrim komplektatsiyalarini foizsiz bölib tölaş asosida taklif qilmoqda.
Dollar «quladi»: 25-noyabr uçun valyutalar kursi e’lon qilindi

25-noyabr uçun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 12,39 sömga tuşib, 11 990,54 sömni taşkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank öz saytida e’lon qildi.
Yevro kursida esa tuşiş kuzatildi. Yevropa valyutasi 19,57 sömga tuşib, 13 136,84 söm böldi. Rossiya rubli tuşdi. Rubl kursi 0,5 sömga oşib, 146,24 sömni taşkil etdi.
«Javohir ğalaba qozonsa, bu juda katta voqea böladi» — Rustam Qosimjonov

2004-yilgi FIDE jahon çempioni, Özbekiston terma jamoasi murabbiyi Rustam Qosimjonov Chess.com naşriga bergan intervyusida Javohir Sindarovning jahon çempionligi matçi, Olimpiadadagi ğalaba va özbek şaxmati oldidagi navbatdagi tarixiy imkoniyat haqida gapirdi.
Uy-joy subsidiyasiga arizalar qabuli boşlanmoqda — kimlar olişi mumkin

Özbekistonda ipoteka kreditlari böyiça subsidiya oliş uçun arizalar 2026-yil 25-noyabr kuni soat 10:00 dan qabul qilina boşlaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Özbekistonga eng köp mol göşti Hindistondan kelmoqda

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekiston xorijdan 132 ming tonna mol göşti import qildi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 19,9 ming tonnaga yoki 17,7 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.
«Ayrimlari oilasiga qaytişni istamaydi»: integratsiya markazlari qanday işlaydi

Zöravonlikdan jabrlangan, zöravonlik xavfi ostida qolgan yoki ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolga tuşgan bolani katta yopiq muassasaga joylaştirib qöyiş emas, balki unga oilaga yaqin muhit yaratib, tiklanişiga yordam beriş – kiçik hajmli ijtimoiy kömak, ya’ni Bolalarni qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy integratsiya markazlarining asosiy maqsadi.
Bunday markazga bola doimiy yaşaş uçun emas, oilasida qoliş yoki boşqa muqobil joylaştiriş imkoniyati qolmagan vaziyatda sönggi çora sifatida joylaştiriladi. Bir markazda 18 yoşgaça bölgan köpi bilan ön nafar tarbiyalanuvçi yaşaşi mumkin va joylaştiriş muddati uç oydan bir yilgaça belgilanadi.
Kursiv Uzbekistan integratsiya markazlari nima uçun kerakligi, ular qanday işlaşi va bolalar u yerda qanday kömak olişi haqida Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus tumani 1-kiçik hajmli ijtimoiy kömak markazi menejeri Nazira Turdimuratova bilan suhbatlaşdi.
Moğuliston banki Özbekiston mikroqarz bozoriga kirişi mumkin

Moğulistonning «Bogd Bank» banki Özbekiston va Qozoğistonda onlayn mikroqarz hamda iste’mol kreditlari berişni rejalaştirmoqda. Bank bu mamlakatlarda an’anaviy filiallar oçiş örniga raqamli xizmatlar orqali mijozlarga kredit ajratiş imkoniyatlarini örganmoqda.
Bu haqda bankning boş kompaniyasi Bogd FT Limited AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasi (SEC)ga taqdim etgan hujjatda ma’lum qilingan.
Bibisora Assaubayeva Sindarov uçun yirik turnirdan voz keçdi

Qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovni jahon çempionligi uçun ötkaziladigan bahsda qöllab-quvvatlaş maqsadida WR Women’s Chess Tour turnirining grand-finalida qatnaşişdan voz keçdi. Bu haqda Chess.com xabar berdi.
Assaubayeva Fransiyada ötkazilgan tezkor şaxmat musobaqasida ğolib çiqib, WR Women’s Chess Tour grand-finaliga yöllanma qölga kiritgan edi. Biroq u turnirga taklifni rad etib, Javohir Sindarovning jahon çempionligi uçun ötkaziladigan bahsida qatnaşiş maqsadida Jenevaga yöl oldi.
Javohir Sindarov eng köp pul işlab topgan şaxmatçilar uçligiga kirdi

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 2026-yilda şaxmat musobaqalarida qölga kiritilgan mukofot pullari böyiça dunyoda uçinçi örinni egalladi. U yil boşidan buyon turnirlarda jami $589 ming işlab topgan. Bu haqda World Chess platformasining mukofot pullari reytingida ma’lum qilindi.
22-noyabr holatiga köra, Sindarov uşbu röyxatda Hindiston vakili Rameşbabu Praggnanandha va AQŞ grossmeysteri Fabiano Karuanadan keyingi poğonada turibdi. Praggnanandhaa hisobida $679 ming , Caruanada esa $709 ming bor.