Ammonda Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi — foto

eʼlon qilindi
Oliy darajadagi muzokaralar boşlandi
Ammonda Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Iordaniyaning Ammon şahridagi «Al-Husayniya» saroyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi. Prezident va uning rafiqasini Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn hamda malika Raniya al-Abdulla kutib oldi.

Prezident şarafiga töplardan öq uzildi

Oliy martabali mehmon şarafiga artilleriya salyuti berildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev va Abdulla II ibn al-Husayn şohsupaga kötarildi. Özbekiston va Iordaniya davlat madhiyalari yangradi.

Şundan söng ikki davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan ötdi. Faxriy qorovul askarlari Özbekiston prezidenti oldidan tantanali yurib ötdi.

Oliy darajadagi muzokaralar boşlandi

Rasmiy kutib oliş marosimidan söng Özbekiston va Iordaniya delegatsiyalarining oliy darajadagi muzokaralari boşlandi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Taşrif dasturida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, xususan, töqimaçilik, toğ-kon va kimyo sanoati, qişloq xöjaligi hamda farmatsevtika sohalaridagi şeriklikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinişi közda tutilgan.

Muzokaralar yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Mirziyoyev şarafiga Iordaniyada rasmiy qabul marosimi ötkazilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek