
Özbekistonda çet el avtotransport vositalarining mamlakat hududida böliş muddati 90 kundan 180 kungaça uzaytirilişi mumkin. Tegişli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida birinçi öqişda körib çiqildi.
Bojxona tölovlarini keçiktiriş muddati ham uzaytiriladi
Qonun loyihasiga köra, Bojxona kodeksiga çet el avtotransport vositalarini Özbekistonga olib kiriş va olib çiqiş tartibini takomillaştiruvçi özgartirişlar kiritiladi.
Unga köra, xorijiy avtomobillarning Özbekiston hududida böliş muddati 90 kundan 180 kungaça, bojxona tölovlarini keçiktirib tölaş muddati esa 60 kundan 120 kungaça uzaytiriladi.
Foizlar Markaziy bank stavkasiga boğlanadi
Şuningdek, bojxona tölovlarini keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşda hisoblanadigan foizlarni Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasiga tenglaştiriş taklif etilmoqda.
Tadbirkorlik subyektlari uçun boş ta’minot summalarini kamaytiriş mexanizmlari ham joriy qilinadi.
Hujjatlarni «Yagona darça» orqali topşiriş kengayadi
Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş jarayonlari doirasida arizalar hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlarni «Yagona darça» bojxona axborot tizimi orqali qabul qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş ham közda tutilgan.
Qonun loyihasi mualliflariga köra, bu taşqi savdo operatsiyalaridagi ortiqça ma’muriy tartib-taomillarni qisqartiriş, tadbirkorlarning moliyaviy yukini kamaytiriş hamda bojxona xizmatlarining şaffofligi va tezkorligini oşirişga xizmat qilişi kerak. Muhokamalardan söng qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Cobalt, Tracker, Onix va Damas uçun bölib tölaşni yopişi haqida yozgan edi.