Javohir Sindarov eng köp pul işlab topgan şaxmatçilar uçligiga kirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Sindarovning daromadi 284 foizga oşgan
FIDE Jahon shaxmat kubogi sohibi Javohir Sindarovga uch xonali uy topshirildi
Foto: Uzbekistan Airports

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 2026-yilda şaxmat musobaqalarida qölga kiritilgan mukofot pullari böyiça dunyoda uçinçi örinni egalladi. U yil boşidan buyon turnirlarda jami $589 ming işlab topgan. Bu haqda World Chess platformasining mukofot pullari reytingida ma’lum qilindi.

22-noyabr holatiga köra, Sindarov uşbu röyxatda Hindiston vakili Rameşbabu Praggnanandha va AQŞ grossmeysteri Fabiano Karuanadan keyingi poğonada turibdi. Praggnanandhaa hisobida $679 ming , Caruanada esa $709 ming bor.

Sindarovning daromadi 284 foizga oşgan

World Çess ma’lumotlariga köra, Sindarovning 2026-yildagi mukofot pullari ötgan yildagiga nisbatan 284 foizga köpaygan. Uning eng katta yutuği 2026-yilgi Nomzodlar turniridagi ğalabasi uçun berilgan $200 ming bölgan.

Özbekistonlik şaxmatçi joriy yilda mukofot jamğarmasi e’lon qilingan 15 ta musobaqada qatnaşgan. Taqqoslaş uçun, röyxatdagi törtinçi örinni egallagan norvegiyalik Magnus Karlsen $573 ming dollar işlab topgan.

Şaxmatda 2026-yilning eng köp daromad olganlari

World Çess reytingining yuqori poğonalarida quyidagi grossmeysterlar joylaşgan:

Fabiano Karuana (AQŞ) – $709 326;
Rameşbabu Praggnanandha (Hindiston) – $679 229;
Javohir Sindarov (Özbekiston) – $589 061;
Magnus Karlsen (Norvegiya) – $572 959;
Uesli So (AQŞ) – $516 257.

Foto: World Chess

Reyting 2026-yilda ötkazilgan va mukofot pullari böyiça oçiq ma’lumotlari mavjud turnirlarni qamrab oladi. World Çess hisob-kitobiga köra, kuzatuvdagi 443 ta musobaqada 2 189 nafar şaxmatçi mukofot puli qölga kiritgan.

Ma’lumot uçun, Sindarov 24-noyabr kuni Jenevada amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi jahon çempionligi uçun bahsni boşlaydi. 14 partiyadan iborat uçraşuvning mukofot jamğarmasi 2,5 mln dollarni taşkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sindarov jahon çempionati birinçi partiyasini oq donalarda boşlaşi haqida yozgan edi.

Shuningdek