
«Mançester Siti» boş murabbiyi Enzo Mareska Özbekiston milliy jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanovning maydondagi eng samarali pozitsiyasi markaziy himoya ekanini aytdi.
Italiyalik mutaxassis bu haqda «Napoli»ga qarşi UEFA Çempionlar ligasi bahsi oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.

Husanov öng qanotda ham öynay oladi
«Mançester Siti»ning sönggi APL uçraşuvida Matheus Nunes jarohat sabab «Fulhem»ga qarşi bahsni ötkazib yuborgan edi. Uning örnida öng qanot himoyaçisi sifatida Husanov maydonga tuşdi.
Mareskaning aytişiça, jamoa öng qanotda turli variantlardan foydalanmoqda.
«Biz iş boşlaganimizdan beri bu pozitsiyada Riko Lyuisni işlatdik, Husanov ham u yerda öynay oladi. Men töğri muvozanatni topişga harakat qilyapman», – dedi murabbiy.
Şu bilan birga, Mareska Husanovning tabiiy va kuçliroq pozitsiyasini ham aniq aytdi.

«Agar Husanov qanot himoyasida yoki markaziy himoyada yaxşiroqmi, deb sörasangiz, şubhasiz, markaziy himoyada», – dedi u.
Murabbiyning qöşimça qilişiça, futbolçining qaysi pozitsiyada maydonga tuşişi raqib va jamoada mavjud futbolçilarga boğliq böladi.
Nunes safga qaytdi
Mareska «Napoli»ga qarşi bahs oldidan Matheus Nunes jarohatidan tiklanganini ham tasdiqladi.
«Mançester Siti» boş murabbiyining sözlariga köra, hozirça faqat Antuan Semenyo uçraşuvda qatnaşa olmaydi. Qolgan ayrim futbolçilarning holati yakuniy maşğulotdan söng baholanadi.
Mareska ziç taqvim sabab futbolçilarning jismoniy holatini nazorat qiliş muhimligini ta’kidladi.
«Biz sprint emas, marafon haqida öylaşimiz kerak — mavsumda 65 ta öyin bölişi mumkin. Har bir uçraşuvda eng kuçlilarni tuşirişni istardim, ammo bu holda ularni haddan taşqari çarçatib qöyamiz», – dedi u.
«Mançester Siti» kuçli sakkizlik uçun kuraşmoqda
«Siti» Çempionlar ligasi umumiy bosqiçida dastlabki törtta uçraşuvdan uçtasida ğalaba qozongan va 9 oçko bilan yettinçi örinda bormoqda.
«Mançester Siti» – «Napoli» bahsi 24-noyabr kuni Mançesterdagi «Etihad» stadionida bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Husanov past baho olgani haqida yozgan edi.