Mirziyoyev va Iordaniya podşohi bir-birini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirladi

eʼlon qilindi
Marosim Ammon şahrida ikki davlat rahbarlarining rafiqalari iştirokidagi uçraşuvdan söng bölib ötdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn özaro oliy davlat mukofotlarini topşirdi. Marosim Ammon şahrida ikki davlat rahbarlarining rafiqalari iştirokidagi uçraşuvdan söng bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qanday mukofotlar topşirildi

Iordaniya podşohi Abdulla II Şavkat Mirziyoyevga mamlakatning oliy davlat mukofoti – «Al Husayn ibn Ali» ordenini topşirdi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston prezidenti esa Iordaniya yetakçisini «Oliy Darajali Döstlik» ordeni bilan taqdirladi. Mukofot Abdulla II ning ikki mamlakat örtasidagi döstlik va hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun berildi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev Iordaniya mukofotini Özbekiston va Iordaniya örtasidagi munosabatlarga berilgan e’tirof, şuningdek, Iordaniya Podşohining özbek xalqiga hurmati ramzi sifatida qabul qilişini bildirdi.

Abdulla II ham minnatdorlik bildirib, mukofotni butun Iordaniya xalqiga va ikki mamlakat örtasidagi döstlikka körsatilgan hurmat sifatida qabul qilişini ta’kidladi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Taşrif doirasidagi uçraşuv

Mukofotlarni topşiriş marosimidan avval Ammon şahrida Şavkat Mirziyoyev va Abdulla II rafiqalari iştirokida uçraşuv ötkazdi. Unda Iordaniya delegatsiyasi tomonidan körsatilgan mehmondöstlik va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş masalalari ta’kidlandi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Avvalroq Iordaniyaning Ammon şahridagi «Al-Husayniya» saroyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötgandi.

Shuningdek