Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida 19 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi

eʼlon qilindi
Toşkent – Ammon va Samarqand – Petra aloqalari
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston va Iordaniya örtasida strategik şeriklik munosabatlari örnatildi. 24-noyabr kuni Ammon şahrida ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari huzurida 19 ta ikki tomonlama hujjat almaşildi va imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Özbekiston va Iordaniya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlaş töğrisidagi qöşma bayonot qabul qilindi. Şuningdek, strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi bitim imzolandi.

Hamkorlikning yangi yönalişlari

Tomonlar imtiyozli savdo, jinoiy işlar böyiça özaro huquqiy yordam, madaniyat va madaniy ijodkorlik sanoati, milliy kutubxonalar, hujjatlar va arxivlar, atrof-muhitni muhofaza qiliş, energetika hamda suv resurslarini boşqariş sohalarida bitim va anglaşuv memorandumlarini imzoladi.

Bundan taşqari, iqtisodiy diplomatiya, toğ-kon sanoati va geologiya, uy-joy qurilişi va şaharsozlik, raqamlaştiriş va axborot texnologiyalari, oziq-ovqat hamda dori-darmon mahsulotlarini nazorat qiliş, soğliqni saqlaş xizmatlari va çorvaçilik yönalişlarida hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Toşkent – Ammon va Samarqand – Petra aloqalari

Mintaqalararo aloqalarni rivojlantiriş maqsadida Toşkent va Ammon şaharlari, şuningdek, Samarqand şahri va Petra turizm mintaqasi örtasida hamkorlik töğrisidagi bitimlar almaşildi.

Davlat taşrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi. Uşbu kelişuvlar Özbekiston va Iordaniya örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş hamda qöşma loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan.

Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaga davlat taşrifi doirasida Ammon şahrida taşkil etilgan «Özbekiston – Iordaniya» körgazmasi bilan tanişgandi.

Shuningdek