Moğuliston banki Özbekiston mikroqarz bozoriga kirişi mumkin

Moğulistonning «Bogd Bank» banki Özbekiston va Qozoğistonda onlayn mikroqarz hamda iste’mol kreditlari berişni rejalaştirmoqda. Bank bu mamlakatlarda an’anaviy filiallar oçiş örniga raqamli xizmatlar orqali mijozlarga kredit ajratiş imkoniyatlarini örganmoqda.
Bu haqda bankning boş kompaniyasi Bogd FT Limited AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etgan hujjatda ma’lum qilingan.
Özbekistonda kreditlar qanday berilişi mumkin
«Bogd Bank» Markaziy Osiyoda faoliyatini kengaytirişni rejalaştirmoqda. Kompaniya Özbekiston va Qozoğistonni raqamli kreditlaş xizmatlari uçun istiqbolli bozorlar sifatida körmoqda.
Rejaga köra, mijozlar mikroqarz va iste’mol kreditlarini oliş uçun internet orqali ariza topshirişi mumkin böladi. Ularning tölov qobiliyati esa avtomatlaştirilgan tizimlar yordamida baholanadi.
Şuningdek, bank xizmatlarni mahalliy hamkorlar bilan birgalikda rivojlantiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Kompaniya mazkur mamlakatlarda raqamli moliyaviy xizmatlarga talab oşib borayotgani yangi imkoniyatlar yaratişini kutmoqda.
Biroq «Bogd Bank» hozirça faqat Moğulistonda faoliyat yuritadi. Uning Özbekiston bozoriga kirişi mahalliy qonunçilik talablari, tegişli ruxsatnomalar va moliyaviy imkoniyatlarga boğliq.
Kompaniya IPO orqali $37,5 mlngaça jalb qilmoqçi
«Bogd Bank»ning boş kompaniyasi Bogd FT Limited AQŞning NYSE American fond birjasida öz aksiyalarini ommaviy savdoga çiqarişga tayyorlanmoqda.
Kompaniya birlamçi ommaviy taklif (IPO) doirasida 6,25 mln dona aksiya sotişni rejalaştirgan. Har bir aksiyaning dastlabki narxi $4–6 oraliğida belgilanişi kutilmoqda.
Şu tariqa kompaniya IPO orqali $25 mlndan $37,5 mlngaça mablağ jalb qilişi mumkin. Aksiyalarni birjada BOGD belgisi ostida savdoga çiqariş rejalaştirilgan.
Biroq listing uçun ariza hozirça ma’qullanmagan. Shu sababli IPOning amalga oşişi kafolatlanmagan.
Jalb qilingan mablağlar qayerga yönaltiriladi
Kompaniya hisob-kitoblariga köra, aksiyalar eng past — $4 narxda sotilsa, xarajatlardan keyingi sof tuşum taxminan $21,7 mlnni taşkil etadi.
Uşbu mablağning qariyb 70 foizi yoki $15,2 mln kreditlaş faoliyatini kengaytirişga sarflanişi rejalaştirilgan.
Mablağlar Moğuliston bilan bir qatorda Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida, jumladan, Özbekiston va Qozoğistonda mikroqarz hamda raqamli kreditlaş xizmatlarini rivojlantirişga yönaltirilişi mumkin.
Bunda raqamli kredit arizalarini qabul qiliş tizimini yaratiş, mijozlarning tölov qobiliyatini avtomatik baholaş va mahalliy hamkorlar bilan işlaş közda tutilgan.
Şuningdek, IPOdan keladigan sof mablağning 20 foizi yoki $4,3 mln texnologik infratuzilmani rivojlantirişga ajratiladi. Bu bank tizimlarini yangilaş, jarayonlarni avtomatlaştiriş va kiberxavfsizlikni kuçaytirişni öz içiga oladi.
Qolgan 10 foizi yoki $2,2 mln savdo kanallari va mijozlarga xizmat körsatişni kengaytirişga sarflanadi. Biroq kompaniya Özbekiston bozoriga aynan qança mablağ yönaltirişini hozirça alohida körsatmagan.
«Bogd Bank»qanday bank
«Bogd Bank» 2014-yilda Moğulistonda taşkil etilgan. Bank jismoniy şaxslar va biznes vakillariga kreditlar, omonatlar, tölovlar hamda boşqa moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi.
2026-yil 30-iyun holatiga bankning jami aktivlari qariyb $390 mlnni taşkil etgan. Yilning dastlabki olti oyida sof foydasi esa $5,9 mlnga yetgan. Bank Moğulistonda 17 ta filial va 8 ta bankomatga ega.
«Bogd Bank» bir neça yildan buyon raqamli xizmatlarini rivojlantirib kelmoqda. Jumladan, 2017-yilda mijozlarni masofadan turib röyxatdan ötkaziş imkoniyatini joriy qilgan.
Hozirda mijozlar bankning elektron xizmatlari orqali hisobvaraqlarini boşqarişi, omonat oçişi, tölovlarni amalga oşirişi va ayrim kreditlar uçun onlayn ariza yöllaşi mumkin.
Kompaniya mazkur tajribadan Özbekiston va Qozoğiston bozorlariga çiqişda ham foydalanişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, Fitch Ratings agentligining 19-noyabr kuni e’lon qilingan hisobotiga köra, SQB va Asakabankni sotuvga tayyorlaş uçun qöşimça işlar talab etilişi sabab ularning xususiylaştirilişi 2028-yilgaça keçikişi mumkin.