Özbekiston va Iordaniya munosabatlari strategik şeriklik darajasiga kötarildi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn ikki davlat örtasidagi munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötarişga kelişib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
24-noyabr kuni Ammondagi «Al-Husayniya» saroyida Özbekiston va Iordaniya delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bölib ötdi. Unda siyosiy muloqotni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi.
Savdo hajmini $500 mln ga yetkaziş rejalaştirilmoqda
Tomonlar özaro savdo va investitsiyalar hajmi barqaror ösib borayotganini qayd etdi. Hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida savdo, investitsiya, transport-logistika, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohalari belgilandi.
Muzokaralarda imtiyozli savdo bitimini imzolaş hamda özaro savdo hajmini kelgusida $500 mln ga yetkaziş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy va sayyohlik aloqalari kengaytiriladi
Özbekiston va Iordaniya madaniyat va san’at haftaliklarini ötkaziş, diniy-ma’rifiy yönalişda tajriba almaşiş hamda sayyohlik almaşinuvini kengaytirişni rejalaştirmoqda.
Şuningdek, qadimiy şaharlar örtasida birodarlik aloqalarini örnatiş taklifi ilgari surildi.
Tomonlar BMT, Islom hamkorlik taşkiloti, Qöşilmaslik harakati, «Aqaba jarayoni» va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş muhimligini qayd etdi.
«Yöl xaritasi» işlab çiqiladi
Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari Özbekiston va Iordaniya örtasidagi an’anaviy döstlik va özaro işonçga asoslangan munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötarişga qaror qildi.
Oliy darajadagi kelişuvlarni amaliyotga töliq tatbiq etiş uçun keng qamrovli «Yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişib olindi. Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynni Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelişga taklif etdi.
Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn özaro oliy davlat mukofotlarini topşirgandi.