Özbekistonda bir oyda 158,4 trln sömlik tezkor tölov amalga oşirildi

Özbekistonda 2026-yil oktabr oyida Markaziy bankning Tezkor tölovlar tizimi orqali 7,4 mln ta tölov amalga oşirildi. Ularning umumiy qiymati 158,4 trln sömni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Budjetga qança mablağ ötkazildi
Oktabr oyida Tezkor tölovlar tizimi orqali budjetga jami 19,6 trln söm ötkazildi. Bu tölovlar soni 3,1 mln tani taşkil etdi. Şu tariqa tizim orqali amalga oşirilgan har 10 ta tölovning törttadan köproği budjetga yönaltirilgan.
Budjet tölovlari umumiy operatsiyalar sonining 42,3 foizini taşkil etgan. Biroq ularning pul hajmidagi uluşi 12,4 foizga teng bölgan.
Budjetdan taşqari tölovlar qança bölgan
Markaziy bank ma’lumotlaridan kelib çiqib, oktabr oyida budjetdan taşqari tölovlar hajmi 138,8 trln sömni taşkil etganini hisoblaş mumkin. Bu tizim orqali ötkazilgan jami mablağning 87,6 foiziga teng.
Budjetdan taşqari operatsiyalar soni esa taxminan 4,3 mln tani taşkil etgan. Markaziy bankka köra, Tezkor tölovlar tizimi banklararo hisob-kitoblar va budjetga mablağ ötkazişda muhim örin tutmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Uzcard va Humo kartalari tez orada Apple Pay’ga ulanişi haqida xabar berilgandi.