Kreditlar böyiça foiz stavkalari pasaydi

2026-yil oktabr oyida milliy valyutada ajratilgan kreditlar böyiça örtaça yillik foiz stavkasi 19,3 foizni taşkil etdi. Bu sentabrga nisbatan 1,1% bandiga, ötgan yilning mos davriga qaraganda esa 0,6% bandiga past. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga köra, oktabr oyida sömda ajratilgan tijorat kreditlari böyiça örtaça foiz stavkasi 21,8 foizni taşkil etdi. Bu sentabrdagi 22 foizga nisbatan 0,2 foiz bandiga, ötgan yilning oktabriga qaraganda esa 1,3 foiz bandiga past.
Bir yilgaça bölgan tijorat kreditlari böyiça örtaça stavka 21,2 foizni taşkil etib, bir oyda 1 foiz bandiga kamaygan. Bir yildan uzoq muddatli kreditlarda esa stavka 22,2 foizga yetgan.
Imtiyozli kreditlar böyiça örtaça foiz stavkasi 11,1 foizni taşkil etdi. Bu sentabrga nisbatan 0,3 foiz bandiga yuqori, biroq ötgan yilning mos davridan 0,6 foiz bandiga past.
Aholiga kreditlar qanday foizda berilmoqda
Oktabr oyida jismoniy şaxslarga sömda ajratilgan kreditlar böyiça örtaça foiz stavkasi 19,4 foizni taşkil etdi. Bu sentabrga nisbatan 0,4 foiz bandiga, ötgan yilning mos davriga qaraganda esa 2,6 foiz bandiga past.
Biroq bir yilgaça bölgan kreditlar böyiça örtaça stavka sentabrdagi 25,2 foizdan 27,8 foizga kötarilgan. Bir yildan ortiq muddatli kreditlar böyiça stavka esa 19,6 foizdan 19,2 foizga kamaygan.
Aholiga ajratilgan tijorat kreditlari böyiça örtaça stavka 21,8 foizni, imtiyozli kreditlarda esa 10,5 foizni taşkil etdi. Şuni ta’kidlaş kerakki, mazkur statistikada mikroqarzlar va kredit kartalari böyiça foiz stavkalari hisobga olinmagan.
Biznes kreditlari böyiça stavkalar ham pasaydi
Yuridik şaxslarga milliy valyutada ajratilgan kreditlar böyiça örtaça foiz stavkasi oktabrda 19,2 foizni taşkil etdi. Bu sentabrga qaraganda 1,6 foiz bandiga past.
Bir yilgaça bölgan kreditlar böyiça örtaça stavka 17,5 foiz, bir yildan uzoq muddatli kreditlarda esa 21,7 foiz bölgan.
Biznesga ajratilgan tijorat kreditlari böyiça örtaça stavka 21,9 foizni taşkil etdi. Bu sentabrga nisbatan 0,4 foiz bandiga, ötgan yilning mos davriga qaraganda esa 1,3 foiz bandiga past. Yuridik şaxslarga ajratilgan imtiyozli kreditlarda esa örtaça stavka 11,3 foizga yetgan.
Real foiz stavkalari qança
Markaziy bank hisob-kitoblariga köra, oktabr oyida jismoniy şaxslarga sömda ajratilgan kreditlar böyiça real foiz stavkasi 9,4 foizni taşkil etdi. Bu sentabr oyidagi 10,2 foizga nisbatan 0,8 foiz bandiga past.
Yuridik şaxslar kreditlari böyiça real stavka esa 10,6 foizdan 9,8 foizga kamaygan. Real foiz stavkasi nominal foizdan inflyatsion kutilmalar darajasi ayrilgandan keyin hisoblanadi. U kredit qiymatini kutilayotgan narxlar ösişi hisobga olingan holda baholaşga yordam beradi.
Valyutadagi kreditlar 10,4% darajasida
Çet el valyutasida ajratilgan kreditlar böyiça örtaça yillik foiz stavkasi oktabrda 10,4 foizni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davri bilan bir xil, sentabrga nisbatan esa 0,1 foiz bandiga past.
Bir yilgaça ajratilgan valyuta kreditlari böyiça örtaça stavka 9,6 foiz, bir yildan uzoq muddatli kreditlarda esa 10,6 foiz bölgan.
Şunday qilib, oktabr oyida sömdagi kreditlar böyiça örtaça foiz stavkalari pasaydi. Ayniqsa, yuridik şaxslarga ajratilgan kreditlarda bir oylik pasayiş sezilarli bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq aholiga ajratilayotgan ipoteka kreditlari hajmi qariyb 40 foizga oşgani haqida xabar berilgandi.