Özbekistonga eng köp mol göşti Hindistondan kelmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2026-yilning dastlabki töqqiz oyida mamlakat 12 ta davlatdan jami $597,7 mlnlik mol göşti xarid qilgan
Foto: depositphotos.com

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekiston xorijdan 132 ming tonna mol göşti import qildi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 19,9 ming tonnaga yoki 17,7 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasi ma’lum qildi.

Import qiymati qariyb $600 mlnga yetdi

2026-yilning dastlabki töqqiz oyda mamlakat 12 ta davlatdan jami $597,7 mlnlik mol göşti xarid qilgan. Eng katta hajm Hindiston hissasiga töğri kelgan – bu davlatdan 55,9 ming tonna mol göşti olib kirilgan.

Keyingi örinlarda Belarus – 31,9 ming tonna va Qozoğiston – 31,7 ming tonna bilan qayd etilgan. Pokistondan 5,4 ming tonna, boşqa davlatlardan esa jami 7,1 ming tonna mol göşti import qilingan.

Qozoğistondan ham mol göşti importi oşgan

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida Özbekiston Qozoğistondan 31,7 ming tonna mol göşti import qilgani haqida xabar bergan edi. Bir yil içida Qozoğistondan import hajmi 21,7 foizga, bir kilogramm mahsulotning örtaça import narxi esa qariyb 45 foizga oşgan.

Shuningdek